Ariza topshirish

  © Fotolia

 

DASTURDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI

Gyote-Institutining "Germaniya oliygohlariga ko'prik" ta'lim dasturida ishtirok etish istagini bildirganlar quyidagi shartlar asosida qabul qilinadi:

Ishtirokchi
  • tanlovga ariza topshirish vaqtida umumiy o’rta ta'lim maktabining 11-sinfida yoki akademik litsey va kasb hunar kolledjining so’ngi bosqichida ta’lim olayotgan bo’lishi;
  • nemis tilini kamida B2 darajada bilishi;
  • Germaniya oliygohlarida o'qish uchun yuqori motivatsiyaga ega, maktab olimpiadalarida, musobaqalarda, mintaqaviy va mintaqalararo loyihalarda ishtirok etganligi to'g'risidagi tasdiqnomalarga ega;
  • matematika, informatika va tabiy fanlardan maktabdagi baholari yuqori;
  • ijtimoyi loyihalarda faol ishtirok etgan;
  • ota-onasining dasturda ishtirok etish uchun yozma roziligiga ega (balog’at yoshiga yetmaganlar uchun),
  • shuningdek, og’zaki suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan bo'lishi kerak.

DASTURNING NARXI VA TO'LOV SHARTLARI

Dastur narxi: 6.500.000,- so'm.

Dastur narxi quyidagi xizmatlarni o'z ichiga oladi:
  • Arizalarni ko'rib chiqish, ishtirokchilarni tanlov asosida saralab olish, dastur ishtirokchilariga muntazam maslahatlar berib borish, ularga kurslar davomida hamrohlik qilish va ularni qo'llab-quvvatlash, ishtirokchilar uchun axborot tadbirlari tashkil etish (shaxsan yoki onlayn), dastur yakunida natijalar aks etgan tasdiqnomalar tayyorlash;
  • "Germaniya universitetida o'qishga tayyorgarlik ko'rish" moduli quyidagi kurslarni o'z ichiga olgan: Madaniyatlararo muloqot treningi; Matematika, informatika, fizika, biologiya, kimyo, muhandislik yoki iqtisodiyot fanlari bo'yicha predmet-til moduli; TestDaF imtihoniga tayyorgarlik kursi; "TestAS imtihon formati bilan tanishish" kursi.
Quyidagi xizmatlar dastur narxiga kiritilmagan:
  • TestDaF va TestAS imtihonlarida ishtirok etish.

MUDDATLAR

Ariza qabul qilish muddati: 01.09.2023 - 30.09.2023
Tanlov suxbati: 09.10.2023 - 12.10.2023
Tanlov natijalarini e’lon qilish: 13.10.2023
Dasturning boshlanishi va davom etishi: 16 oktyabr 2023 yildan aprel 2024 yilgacha

DASTURNING QISQA TA'RIFI

"Germaniya oliygohlariga ko'prik" ta'lim dasturi quyidagi onlayn kurslarni o'z ichiga oladi:
  • "Fit für das Studium in Deutschland" madaniyatlararo muloqot treningi: 4 hafta (24 akademik soat)
  • Matematika, informatika, fizika, biologiya, kimyo, muhandislik yoki iqtisod fanlari bo'yicha predmet - til moduli (bitta fan tanlanishi kerak): 4 hafta (40 akademik soat)
  • TestDaF imtihoniga tayyorgarlik kursi: 4 hafta (20 akademik soat). Kurs 3 ta virtual yuzma-yuz mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi
  • "TestAS imtihon formati bilan tanishish" kursi: 2 hafta (12 akademik soat)

ARIZA TOPSHIRISH UCHUN ZARURIY HUJJATLAR

  • Gyote-Institutining B2 Sertifikati
  • 10-sinfda yoki akademik litsey va kasb hunar kollejining birinchi bosqichida olingan baholar bo’yicha ma’lumotnoma
  • fotosuratli jadval shaklidagi tarjimai hol
  • motivatsion xat
  • tabiiy fanlar bo'yicha maktab tanlovlarida, musobaqalarda, mintaqaviy va mintaqalararo loyihalarda yoki ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda (agar mavjud bo'lsa) ishtirok etganligi to’g’risida tasdiqnomalar;
  • dasturda ishtirok etish uchun ota-onadan rozilik xati.

ARIZA SHAKLI

Quyidagi ariza shaklinito'ldirilgan holda 30.09.2023 gacha ushbu el.manzillarga yuborishingiz so'raladi:
gayrat.khafizov@goethe.de / dildora.mukhammadaminova@goethe.de