Qo’shimcha ma’lumot

Qism ba qism: modullar

„Goethe-Zertifikat B2“ imtihoni o‘qish, tinglash, yozish va so’zlash modullaridan iborat (og’zaki juftlik imtihoni).
Imtihon belgilangan imtihon markazlarida digital (raqamli) va qog’oz shaklida taklif etiladi. Imtihon butun dunyoda bir xil standartlar asosida o’tkaziladi va baholanadi.
 

O‘qish

Siz forum ishtirokchilarining postlari, gazeta va jurnal maqolalari, izohlar va qoidalar kabi har xil matnlarni o’qiysiz. Siz asosiy ma’lumot, muhim tafsilotlar hamda nuqtai nazarlarni, fikr-mulohazalar va qoidalarni ilg’ay olasiz.

Davom etish vaqti: 65 daqiqa

Yozish

Siz forumda yoziladigan post doirasida biror dolzarb ijtimoiy mavzu bo’yicha o’z fikringizni bildirasiz va asoslab berasiz. Bundan tashqari Siz kasbiy kontekst doirasida rasmiy xabar yozasiz.

Davom etish vaqti: 75 daqiqa

Tinglash

Siz kundalik hayot va radiodan olingan intervyular, ma‘ruzalar, suhbatlar va mulohazalarni tinglaysiz. Siz asosiy mulohazalarni va muhim tafsilotlarni ilg’ay olasiz.

Davom etish vaqti: taxminan 40 daqiqa

So‘zlash

Belgilangan mavzu bo’yicha Siz qisqa ma’ruza qilasiz va suhbatdoshingiz bilan bu haqida suhbatlashasiz. Bundan tashqari dikussiya doirasida argumentlar bilan o’zaro almashasiz.

Davom etish vaqti: 15 daqiqa

Dastlabki shartlar

Das Goethe-Zertifikat B2 ist eine Deutschprüfung für Jugendliche und Erwachsene.

Die Prüfungen des Goethe-Instituts stehen allen Interessierten zur Verfügung und können unabhängig vom Erreichen eines Mindestalters und unabhängig vom Besitz der deutschen Staatsangehörigkeit abgelegt werden.
  • Für das Goethe-Zertifikat B2 für Jugendliche wird ein Alter ab 15 Jahren empfohlen.
  • Für das Goethe-Zertifikat B2 für Erwachsene wird ein Alter ab 16 Jahren empfohlen.
  • „Goethe-Zertifikat B2“ sertifikatini olish uchun Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining shkalasi bo'yicha B2 bosqichidagi til bilimlari bo'lishi shart.
  • Uchbu bosqichga erishish uchun Sizga – dastlabki bilimlar va o'quv sharoitlariga qarab – 600 dan 800 gacha 45 daqiqali dars mashg'ulotlari kerak bo'ladi.