Goethe-Zertifikat C1

Sizning xohishingiz...

  • Germaniyada oliy o'quv yurtida o'qishga tayyorlanish
  • ishlash uchun yuqori darajali nemis tili bilimlari borligini tasdiqlash
  • tibbiyot sohasida faoyliyat yuritishga tayyorlanish
  • C1 bosqichidagi bilimlaringizni tasdiqlash
  • rasmiy va xalqaro tan olingan sertifikatni olish

Goethe-Zertifikat C1 – bu kattalar uchun nemis tili imtihoni. U til bilishning juda yuqori darajasini tasdiqlaydi va Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha beshinchi (C1) bosqichiga to'g'ri keladi. 

Mazkur imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligingiz quyidagilarni bildiradi ...

  • Siz keng doiradagi nihoyatda murakkab, uzun matnlarni tushuna olasiz hamda yashirin ma'nolarni aniqlay olasiz.
  • Siz kerakli so'zlarni tez-tez va ko'zga tashlanarli uzoq vaqt qidirmay o'z fikringizni spontan va ravon ifodalay olasiz.
  • Siz jamiyat hayotida va kasb-hunarda yoki kasb-hunar ta'limi va oliy o'quv yurtilarda o'qish doirasida ishlatiladigan tildan samarali va moslashuvchanlik bilan foydalana olasiz.
  • Siz murakkab masalalar bo'yicha o'z fikringizni batartib va batafsil ifodalay olasiz. 
„Goethe-Zertifikat C1“ sertifikati asosida xorijiy talabalarni qo'shimcha til imtihonidan ozod etish imkoniyatini o'qish boshlanishidan oldin Siz o'qimoqchi bo'lgan oliy o'quv yurtidan yoki tegishli Studienkollegdan surishtiring.
 

Imtihonlar sanasi

*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.

Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
Nozima.Yarmukhammedova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz. 

TestDaF bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
tanzilya.gafurova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.  Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish

Tayyorlanish

O'quv materiallari

Bu yerda Siz onlayn mashq qilish uchun imtihon va mashqlar namunalari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay hamda interfaol mashqlarni topasiz.

Qo’shimcha ma’lumot

„Goethe-Zertifikat C1“ imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasiz: