Qo’shimcha ma’lumot

Marhamat, davra Sizniki: modullar

„Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom“ imtihoni o‘qish, tinglash, yozish va so’zlash modullaridan iborat (og’zaki individual imtihon). Imtihon butun dunyoda bir xil o’tkaziladi va baholanadi.
 
Yozish modulida adabiyot bilan bog’liq vazifalar Ludwig-Maximilians-Universität bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
 
Mazkur 4 modul bir-birdan alohida yoki birgalikda topshirilishi mumkin. 4 modul bo’yicha alohida olingan guvohnomalar umumiy natijani tashkil etadi.
O‘qish, TinglashSo‘zlash va Yozish modullari Imtihon markazida baholanadi. 
 

O’qish

Siz ilmiy-ommabop matnlar, izohlar, reportajlar va e’lonlarni o’qiysiz va ularga tegishli har xil vazifalarni bajarasiz. Siz bu matnlarni, xattoki ular mavhum yoki mazmun va til jihatidan murakkab bo’lsa ham, qiyinchiliksiz tushuna olasiz va ularning yashirin ma’nosini ham ilg’ay olasiz.

Davom etish vaqti: 80 daqiqa

Yozish

Siz biror qisqa referatni qisman boshqa so’zlar bilan ifodalaysiz va biror umumiy yoki adabiyot bilan bog’liq mavzu asosida shunday matn yozasiz-ki, bu matn mushtariy maktubi yoki kitob retsenziyasi sifatida yaxshi struktura (tartibga) ega va stilistika nuqtai nazaridan mos bo’lishi kerak. 2 umumiy mavzu va Adabiyot ro’yxatidagi 2 kitobning har biriga bittadan tegishli mavzulardan birini tanlaysiz. Ya’ni jami 4 mavzudan birining ustida ishlaysiz.

Davom etish vaqti: 80 daqiqa

Tinglash

Siz ommayviy axborot vositalaridan olingan xabarlar va reportajlar, norasmiy suhbatlar hamda mutaxassislar bilan intervyularni tabiiy tezlikda tinglaysiz va turli vazifalarni bajarasiz.

Davom etish vaqti: taxminan 35 daqiqa

So‘zlash

Siz biror murakkab mavzuga, masalan globallashuv mavzusiga bagìshlangan ma’ruza qilasiz, bunda Siz berilgan savollar asosida o’z argumentlaringizni har birini alohida tushuntirib berasiz. Afzallik va kamchiliklarga bag’ishlangan suhbat doirasida boshqa mavzu haqida bahslashasiz, bunda o’z fikrlaringizni himoya qilasiz, muqobil argumetlarga javob berasiz va suhbatdoshingizni o’z nuqtai nazaringizga ishontirishga harakat qilasiz.

Davom etish vaqti: taxminan 15 daqiqa

Dastlabki shartlar

Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom (GDS) – bu kattalar uchun nemis tili imtihoni.
 
Gyote Institutining imtihonlari barcha qiziqqanlar uchun ochiq va bunda muayyan yoshdan kam bo’lmaslik yoki Germaniya fuqaroligi talab etilmaydi.
  • „Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom“ uchun ishtirokchining yoshi 18 yoki undan yuqori bo'lishi tavsiya etiladi.
  • „Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom“ sertifikatini olish uchun Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining shkalasi bo'yicha oltinchi va eng yuqori C2 bosqichidagi til bilimlari bo'lishi shart.
  • Uchbu bosqichga erishish uchun – dastlabki bilimlar va o'quv sharoitlariga qarab – kamida 1000 ta 45 daqiqali dars mashg'ulotlari kerak bo'ladi.