Qo’shimcha ma’lumot

Yaxshi start: imtihon qismlari

„Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1“ imtihoni o‘qish, tinglash, yozish va so’zlash qismlaridan iborat (og’zaki guruh imtihoni).
Imtihon butun dunyoda bir xil o’tkaziladi va baholanadi.
 

O’qish

Qisqa qayd yozuvlari, kichkina e’lonlar, biror shaxsning ta’rifi, oddiy mushtariylar maktublari yoki qisqa gazeta matnlarini o’qiysan va ularga tegishli vazifalarni bajarasan.

Davom etish vaqti: 20 daqiqa

Yozish

Biror elektron maktub, xat, e’lon yoki shu kabilarga javob yozasan.

Davom etish vaqti: 20 daqiqa

Tinglash

Kundalik hayotga tegishli qisqa suhbatlarni, shaxsiy telefon xabarlarni, radiodan olingan ma’lumotlarni yoki shu kabilarni tinglaysan va bunga tegishli turli vazifalarni bajarasan.

Davom etish vaqti: taxminan 20 daqiqa

So‘zlash

Sen o’zingni tanishtirasan, kundalik hayotga tegishli mavzularga savollar va oddiy savollarga javob berasan. Bundan tashqari iltimoslar bildirasan va senga tanish bo`lgan vaziyatlarda suhbatdoshingni gaplariga javob berasan.

Davom etish vaqti: 15 daqiqa

Dastlabki shartlar

Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1 - bu 10-16 yoshdagi bolalar va o'smirlar uchun nemis tili imtihoni.
 
Gyote Institutining imtihonlari barcha qiziqqanlar uchun ochiq va bunda muayyan yoshdan kam bo’lmaslik yoki Germaniya fuqaroligi talab etilmaydi.
  • „Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1“ uchun ishtirokchining yoshi 10 yoki undan yuqori bo'lishi tavsiya etiladi.
  • „Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1“ sertifikatini olish uchun Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining shkalasi bo'yicha birinchi (A1) bosqichidagi til bilimlari bo'lishi shart.
  • Uchbu bosqichga erishish uchun – o'quvchining dastlabki bilimlariga va o'quv sharoitlariga qarab - 80 dan 200 gacha 45 daqiqali dars mashg'ulotlari kerak bo'ladi.