Goethe-Zertifikat A2: Fit in Deutsch

Sening xohishing...

  • 12 - 16 yoshdagi bolalar va o'smirlar uchun nemis tili imtihonini topshirish
  • oddiy nemis tili bilimlari borligini tasdiqlash
  • A2 bosqichidagi bilimlarni tasdiqlash
  • rasmiy va xalqaro tan olingan sertifikatni olish

„Goethe-Zertifikat A2: Fit in Deutsch“ – bu 12 dan 16 yoshgacha bo’lgan o`smirlar uchun nemis tili imtihoni. U oddiy til bilimlar borligini tasdiqlaydi va Til bilish bo’yicha umumyevropa (GER) standartida ta’riflangan olti bosqichli shkalaning ikkinchi (A2) bosqichiga to’g’ri keladi.

Imtihonni topshirolgan bo‘lsang, demak ...

  • kundalik hayotda uchraydigan vaziyatlarda jumlalar va ko’p ishlatiladigan iboralarni tushuna olasan va qo‘llay olasan.
  • tanish va umumiy mavzular haqida ma’lumot almashishga bag’ishlangan oddiy ko’p uchraydigan vaziyatlarda o’z fikringni bildira olasan.
  • Qayerdanliging va kasbiy ta’limingni, atrof-muhitingni va asosiy ehtiyojlar bilan bog’liq narsalarni oddiy vositalar yordamida ta’riflay olasan.

ILTIMOS DIQQAT QILIN

  • Roʻyxatdan oʻtishni soddalashtirish uchun MeinGoethe.de saytida ushbu jarayondan oʻzingiz oʻtishingizni maslahat beramiz.
  • Hamma imtihonlar uchun ro'yxatdan o'tish soat 09:00da boshlanadi.
  • Siz faqat BIR imtihonga ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Keyingi imtihon sanalari uchun arizalar arizalar qabul qilinmaydi.
  • Imtihon uchun to'lov uch kun ichida amalga oshirilmasa, ro'yxatdan o'tish bekor qilinadi.
  • Imtihon natijalari 10-14 kun ichida e'lon qilinadi.

Imtihonlar sanasi

*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.

Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
Nozima.Yarmukhammedova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz. 

TestDaF bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
tanzilya.gafurova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.  Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish

Tayyorlanish

Mashq uchun materiallar

Bu yerda onlayn mashq qilish uchun imtihon va mashqlar namunalari, shu jumladan interfaol mashqlarni ham topasan.

Qo’shimcha ma’lumot

„Goethe-Zertifikat A2: Fit in Deutsch“ imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasan: