GOETHE-ZERTIFIKAT A1: FIT IN DEUTSCH 1
GOETHE-ZERTIFIKAT A2: FIT IN DEUTSCH
Siz haqiqatan nimaga qodir ekaningizni ko'rsating! Bu Gyote-Institut imtihonlarining shiori. Xususan, A1 va A2 darajadagi imtihonlar o‘quvchilarga o’z bilimlarini boshlang'ich darajasida namoyish etish imkoniyatini beradi. Bu ularga o'z bilimlarini ko’rsata olishiga va nemis tiliga bo’lgan qiziqishi kuchayishiga olib keladi.
Goethe Fit in Deutsch 1 va Goethe A2: Fit in Deutsch sertifikatini qo’lga kiritib, o‘quvchilar nemis tilida bemalol muloqot qilishlari mumkinligini ko'rsatmoqdalar. Imtihonlar Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha birinchi (A1) va ikkinchi (A2) darajalariga to'g'ri keladi. Gyote-Institutining sertifikatlari butun dunyoga tanilgan va butun dunyoda tan olingan.
Gyote-instituti uchun maktab imtihonlari nemis tilidagi darslaringizni qo'llab-quvvatlashda muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun sizning o‘quvchilaringizga odatdagi imtihonni bepul topshirish imkoniyati beriladi.
qulay sharoitda xalqaro imtihonni topshirishning birinchi tajribasi
nemis tilini bilish darajasini obyektiv baholash
nemis tilini o’rganish uchun motivatsiya
imtihon topshirish oson
xalqaro miqyosda tan olingan Evropa sertifikatini olish
xalqaro karyera uchun birinchi qadam
sertifikatlarni tantanali ravishda topshirish
eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar uchun esdalik sovg'alar.