Sizning xohishingiz...
- Germaniyada oliy o'quv yurtida o'qish, ilmiy tadqiqot qilish yoki ishlash
- Germaniyada barcha oliy o'quv yurtlari tomonidan tan olingan nemis tili imtihonini topshirish.
- ilmiy tadqiqot muassasalarni va ish beruvchilarni Sizning nemis tilini bilimlaringizga ishontirish.
TestDaF – bu yuqori darajali til bilimlari imtihoni. U Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha chet tilini bilish darajasining B2 dan C1 gacha bosqichlarini qamrab oladi.
Agar Siz TestDaF imtihonini topshirib, uning barcha to'rtta qismida TestDaF-ning 4-darajasiga erishgan bo'lsangiz, mazkur sertifikat Germaniya oliy o'quv yurtilarida deyarli barcha fan va mutaxassiliklar bo'yicha o'qishga qabul qilinish uchun yetarli til bilimlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Bundan tashqari TestDaF til imtihoni xalqaro tan olingan hujjat bo'lib, Sizning nemis tili bilimlaringiz ilmiy loyihalar va oliy o'quv yurtilarda o'qitiladigan kasblar uchun yetarliligini tasdiqlaydi.
Bu imtihon uchun maxsus fanlar bo'yicha bilimlar talab qilinmaydi.
Butun dunyoda vakillarimiz bor
Siz TestDaF imtihonini lisenziyalangan test markazlarida topshirishingiz mumkin. Hozirgi paytda TestDaF imtihonini taklif qilayotgan taxminan 450 test markazlari bor. Bu yerda Siz Germaniya va butun dunyodagi test markazlarini izlab topishingiz mumkin:
TestDaF imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish va imtihon to‘lovi faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi. Imtihon kunlari va onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddatlari haqida ma’lumotni TestDaF institutining quyidagi veb-saytida topishingiz mumkin:
www.testdaf.de
Siz onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va imtihon markazi sifatida Goethe-Institutni tanlagan TestDaF imtihoni — Goethe-Institut Uzbekistan binosida o‘tkaziladi.
Quyidagi sanalar Goethe-Institut Uzbekistan tomonidan taklif etiladi:
| Imtihon sanasi |
Ro‘yxatdan o‘tish muddati |
Format |
| 20. Yanvar 2026 |
01.09.2025 - 09.01.2026 |
raqamli |
| 10. Fevral 2026 |
01.09.2025 - 19.12.2025 |
qog‘oz shaklida |
| 03. Mart 2026 |
03.11.2025 - 19.02.2026 |
raqamli |
| 21. Aprel 2026 |
05.01.2026 - 10.04.2026 |
raqamli |
| 19. May 2026 |
05.01.2026 - 17.04.2026 |
qog‘oz shaklida |
| 11. Iyun 2026 |
05.01.2026 - 29.05.2026 |
raqamli |
| 09. Iyul 2026 |
05.01.2026 - 03.06.2026 |
qog‘oz shaklida |
| 25. Avgust 2026 |
05.01.2026 - 14.08.2026 |
raqamli |
| 15. Oktyabr 2026 |
05.01.2026 - 11.09.2026 |
qog‘oz shaklida |
| 12. Noyabr 2026 |
05.01.2026 - 30.10.2026 |
raqamli |
Aloqa
Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali
erkin.ismailov@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.
O'quv materiallari
TestDaF imtihoniga tayyorlanish jarayonida Sizga ikkita to'la TestDaF namunalar to'plami yordam beradi.
Qo’shimcha ma’lumot
TestDaF imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasiz: