Qo’shimcha ma’lumot

Qadam ba qadam: Imtihon qismlari

TestDaF – bu standartlashtirilgan, markaziy ravishda ishlab chiqiladigan va baholanadigan imtihon. Imtihon 4 qismdan iborat. Sizning til bilimlaringiz o‘qish, tinglash, yozish va so’zlash ko’nikmalari bo’yicha har biri alohida tekshiriladi. Natijalar „TestDaF-Niveaustufen“ (TDN) 3, 4 va 5 darajalarida tasdiqlanadi.
 

O’qib tushunish

  • Siz darslar ro‘yxati, o’quv tadbirlar jadvali, broshyuralar v.h. kabi maktab kundalik hayotidan olingan qisqa matnlarni o’qiysiz va qaysi matn qaysi vazifaga tegishliligini aniqlaysiz.
  • Siz ilmiy yoki ijtimoiy-siyosiy mavzularga bag’ishlangan (taxminan 450–550 so’zdan iborat bo‘lgan) jurnalistik matnni o’qiysiz va tegishli savollarga test shaklida javob berasiz.
  • Ilmiy tilda yozilgan (taxminan 550–650 so’zdan iborat bo‘lgan) ilmiy yoki oliy o`quv yurtigazetasidan olingan matn ustida ishlaysiz va mulohazalar to’g’ri-noto’g’riligini yoki matn bu haqida hech qanday ma’lumot bermasligini aniqlaysiz.
Davom etish vaqti: 60 daqiqa

Tinglab tushunish

  • Siz oliy o`quv yurti kundalik hayotidan olingan qisqa dialogni, masalan 2 talaba o’rtasida suhbatni tinglaysiz va bunda savollarga tegishli qayd yozuvlarini qilasiz.
  • Siz oliy o`quv yurtida o’qishga yoki umumiy ilmiy mavzuga bag’ishlangan intervyu yoki diskussiyani tinglaysiz va birdan tinglagan matningizga tegishli mulohazalar to’g’ri-noto’g’riligini aniqlaysiz.
  • Siz ma’ruza yoki mutaxassis bilan intervyuni tinglaysiz va matnning markaziy savollariga qisqa javoblar berasiz.
Davom etish vaqti: taxminan 40 daqiqa

Yozma nutq

  • Sizga berilgan mavzu bo’yicha yo’naltiruvchi savollar va statistika ma’lumotlar asosida mantiqan izchil va strukturaviy (tartibli) matn yozasiz.
  • Siz bu mavzuga o’z fikringizni bildirishingiz va uni asoslab berishingiz lozim.
Davom etish vaqti: 60 daqiqa

Og’zaki nutq (kompyuter yordamida)

  • Siz 7 vazifani bajarasiz, bu vazifalar Sizni Germaniya oliy o`quv yurtlarida uchraydigan har xil muloqot vaziyatlariga tushuradi.
  • Siz ma’lumot so’ray olishingiz, grafikalarni ta’riflay olishingiz va ularning mazmunini umumlashtira olishingiz kerak. Siz o’z fikringizni bildirishingiz va asoslab berishingiz, o’z nuqtai nazaringizga ega bo’lishingiz, maslahat berishingiz, muqobil variantlarni chamalab ko’rish va gipotezalarni tushunishingiz lozim.
Davom etish vaqti: taxminan 35 daqiqa

Dastlabki shartlar

TestDaF – Germaniya oliy o`quv yurtlarida o’qishga kirirsh-kirmaslikni hal qiladigan tili imtihoni. U talabalarga yo‘naltirilgan, lekin ilmiy loyihalar va oliy ta’lim sohasidagi kasblar uchun yetarli nemis til bilimlari borligini ham tasdiqlaydigan xalqaro miqyosda tan olingan imtihondir.
  • Til bilimlari kamida B2 darajasida
  • 700 dan 1 000 gacha 45 daqiqali akademik soat nemis tili darsi, datlabki bilimlarga va o’quv shart-sharoitlariga bog’liq (tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi)

Baholash

O’qib tushunish va tinglab tushunish imtihon qismlarida Sizga har bir to’g’ri bajarilgan vazifa (masalan test yoki to’g’ri/noto’g’ri vazifalari) uchun bir bal beriladi. Bilim darajangizni aniqlash uchun eng muhim narsa to’g’ri bajarilgan vazifalarning soni. Yozma va og’zaki nutq imtihon qismlari maxsus tayyorlangan va tajribali baholovchilar tomonidan baholanadi. Baholash va til bilish darajasini aniqlash muayyan mezonlar shabloni asosida amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumotni www.testdaf.de sahifasida topishingiz mumkin. Imtihonni xohlagancha ko’p marotaba qayta topshirishingiz mumkin.

TestDaF imtihoniga birdan yoziling!

Agar nemis tilini yetarli darajada bilsangiz, TestDaF imtihoniga yoziling! Sizga avval TestDaF bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz. Buning eng yaxshi yo’li Gyote Instituti yoki boshqa test markazlarining tayyorlov kurslarida ishtirok etish. Bu kurslarda imtihon shakli va jarayoni bilan tanishib olasiz.

Butun dunyoda TestDaF imtihoni har yili belgilangan 6 sanada o’tkaziladi. Arizangizni www.testdaf.de sahifasi orqali topshiring. Xitoy Xalq Respublikasida imtihon alohida sanalarda o’tkaziladi; imtihonga yozilish National Education Examination Authority orqali amalga oshiriladi.

Imkoniyati cheklangan imtihon ishtirokchilari tegishli Test markaziga oldindan bu haqida xabar berishlari va aktual tibbiy ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim. Shunda imtihon o’tkazilishi tegishli ravishda moslashtiriladi.