Gyote-Institut 2025 yilda ham nemis tili fanidan dars beradigan yoki biron bir fanni nemis tilida olib boradigan o'qituvchilarga Germaniyada, shuningdek, oflayn, yoki Blended-Learning formatida (onlayn fazalar bilan) malaka oshirish uchun ko'plab imkoniyatlarni taklif etadi. O'quv kurslari 2 xil formatda o'tkaziladi: an'anaviy formatda va an'anaviy onlayn bosqichlar bilan.
Seminarlarni tanlashda yuqoridagi ma'lumotlarni inobatga olishingizni so'raymiz.
Siz nemis tilini o'qitish metodikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, mamlakatshunoslik bo'yicha bilimlaringizni kengaytirishingiz, trener sifatida malaka oshirishingiz yoki til darajangizni oshirishingiz mumkin.
Ariza topshirishdan avval iltimos, malaka oshirish bo'yicha seminarlar mazmuni bilan tanishib chiqing va bir seminar turiga tegishli, sizning faoliyatingiz uchun zarur bo'lgan 3 ta seminarni tanlang. Seminarlar haqida qisqacha ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin.
Malaka oshirish seminarlari ro'yxati bilan tanishib chiqing:
Dildora Mukhammadaminova
Til bo’limi boshlig’i
Tel. +998 78 1401470
Fax +998 78 1401471
dildora.mukhammadaminova@goethe.de
f.f.n. Sayyora Turakulova
Nemis tili bo’yicha ta’lim sohasida hamkorlik bo’limi xodimi
Tel. +998 78 1401470
Faks. +998 78 1401471
sayyora.turakulova2@goethe.de
Goethe-Institut
Customer management
fortbildung-deutschland@goethe.de