Fortbildungszentrum Zentralasien

Junge Frau sitzt mit Laptop in einem Sessel in einem Wohnzimmer © Foto von Surface auf Unsplash

Siz to’g’ri tanlov qildingiz! Fortbildungszentrum Zentralasien platformasi nemis tilini chet tili (DaF) sifatida dars beradigan o’qituvchilar uchun yuqori sifatli onlayn uzluksiz malaka oshirish kurslarini taklif
etadi.

Nemis tili o’qituvchilarining malakasini oshirish bo'yicha hamkoringiz

Gyote-Institut 70 yildan ortiq vaqt davomida nemis tilini chet tili sifatida o’qitish va nemis tili o’qituvchilarini kasbga tayyorlash hamda malakasini oshirish bo’yicha global yetakchi ekspert hisoblanadi. Bugungi kunda biz butun jahon  bo’yicha 151 dan ortiq mamlakatlarda o’z faoliyatimizni olib bormoqdamiz.

Nemis tili chet tili sifatida dinamik va innovativ dars fani bo’lib, domiy rivojlanib bormoqda. Gyote-Institut nemis tili darslarini eng yangi ilmiy ko’nikmalarni uzoq yilgi tajribalari bilan bog’lagan holda olib boradi.

Fortbildungszentrum Zentralasien – malaka oshirish markazi barcha ta’lim muassasalarida – maktab, oliygohlarda, shuningdek kollejlarda faoliyat olib borayotgan nemis tili o‘qituvchilari uchun keng ko’lamdagi yuqori sifatli malaka oshirish kurslarini taklif qiladi. Kurs davomiyligini o’z xohishingizga qarab tanlashingiz mumkin. 

Bizning malaka oshirish kurslarimiz barcha ta’lim muassasalarida nemis tilini chet tili sifatida o’qitayotgan o’qituvchilar (guruhlarga mo’ljallangan kurslar) hamda bilimga chanqoq pedagoglar (individual kusrlar) uchun mo’ljallangan. Nafaqat ko’p yillik tajribaga ega o’qituvchilar, balki o’z faoliyatini yangi boshlagan pedagoglar ham bizning portfoliomizda o’zlariga mos kurslarni topishlari mumkin.

Malaka oshirish kurslari ko’p yillik tajribaga ega va maxsus tayyorlangan O’rta Osiyodagi multiplikatorlar tomonidan olib boriladi. Kurs so’ngida har bir kurs ishtirokchisiga sertifikat beriladi.

Kurslarimiz Sizni qiziqishingizni uyg’otdimi? Bizning broshyuramizdan malaka oshirish kurslarimiz haqida to’liq ma’lumotni topishingiz mumkin. Nemis tili darsining kelajagini birga quraylik!
@ Goethe-Institut Usbekistan
@ Goethe-Institut Usbekistan

Bizning Malaka oshirish kurslarimiz!

„Fortbildungszentrum Zentralasien“ malaka oshirish markazi Sizning tajribangizga va Siz faoliyat yuratayotgan mamlakatning talablariga moslashtirilgan malaka oshirish kurslarini taklif etadi. Siz yil davomida bir necha kurslarni har xil davomiylik bilan band qilishingiz mumkin. Shu tarzda talab qilinadigan minimal yillik akademik soatlarga erishish mumkin.

Fortbildungszentrum Zentralasien Fortbildungsangebote © Goethe-Institut, GettyImages

Goethe-Institut “DaF” nemis tilini chet tili sifatida dars beradigan o’qituvchilar uchun mo’ljallangan malaka oshirish kursida qatnashganimdan judayam mamnunman. Bu mamnuniyatni avvalo kasbiy faoliyatimni boshlaganda yanayam yaxshiroq his qilganman, zero ushbu malaka oshirish kurslari menga ish faoliyatimda yangi g’oyalar, motivatsiya va eng muhimi kasbiy faoliyatim davomida mustaqil o’sishimga turtki berdi desam mubolag’a bo’lmaydi.
Aydana Kalinina Olmaota

Aydana Kalinina © Aydana Kalinina

Goethe-Institut malaka oshirish kurslari men uchun amaliy va zamonoviy o'qitish metodlarining bebaho manbai hisoblanadi. Amaliyotga asoslangan mavzular va hamkasblar bilan alamashinuv orqali dars amaliyotlarimni va o’qitish qobiliyatimni yangi darajaga olib chiqdim
Margarita Rodina Toshkentdan

Margarita Rodina © Margarita Rodina

Fortbildungszentrum Zentralasien © Goethe-Institut

Bizni kuzatib boring