Joriy ma'lumot: COVID-19

Aktuelle Information: Coronavirus  

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqgan holda, biz O'zbekiston Respublikasida mavjud talablarga rioya qilgamiz va koronavirusga qarshi kurashda o'z hissamizni qo'shamiz.

O'zbekistondagi Gyote instituti va bizning kutubxonamiz chegaralangan tartibda faoliyat yuritmoqda.

O'zbekistondagi Gyote instituti koronavirus tarqalishining oldini olish va tashrif buyuruvchilar sog'lig'ini himoya qilishni istaydi. Biz butun dunyo bo'ylab Gyote institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va O'zbekiston Respublikasi tomonidan maktablar va universitetlar uchun berilgan tavsiyalarga amal qilamiz. Tushunganingiz uchun rahmat va sog'lom bo'ling!

Nemis tili onlayn kurslari

Nemis tilini onlayn o'rganing. Ayni vaqtda til kurslarimizni Siz uchun onlayn formatga taklif qilmoqdamiz.
Kurslarni an'anaviy ravishda davom ettirgunga qadar biz yana onlayn takliflarni ishlab chiqish bo'yicha jadal harakat qilmoqdamiz. Har bir ishtirokchiga shaxsan xabar beramiz.
Savollaringiz bo'lsa biz bilan quyidagi elektron pochta orqali bog'laning: info-taschkent@goethe.de

nemis tilidan imtihonlar

Imtihon topshirish maqsadida ro'yxatdan o'tish uchun pasportingiz nusxasi bilan quyidagi manziliga murojaat qiling tanzilya.gafurova@goethe.de. So'ngra biz Sizga imtihonni topshirishga joyni bronini tasdiqlovchi xat yuboramiz. Imtihon to'lovi esa biznig web-sahifamizda karta orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek imtihonlarimizga oid barcha savollaringiz bilan quyidagi telefon raqam orqali bog'laning: +998 78 140 14 70.
 

Tadbirlar

Biz tadbirlarimizni yana an’anaviy tarzda o’tkazishdan xursandmiz. Ulardan ba'zilari esa onlayn-formatda olib boriladi. Iltimos, bizning web sahifamiz va ijtimoiy tarmoqlarimizdagi xabarlarimizni kuzatib boring.

kutubxona

Gyote-Institut kutubxonasi 19 oktyabrdan yana o’z ish faoliyatini boshlaydi. Kutubxonaga tashrif buyurish uchun Sizdan Gyote-Institut web-sahifasida oldindan ro'yxatdan o'tishingizni va tashrifingiz kuni va vaqtini tanlashingizni so'raymiz.
Savollaringiz bo'lsa biz bilan quyidagi elektron pochta orqali bog'laning: Bibliothek-Taschkent@goethe.de

umumiy ma'lumotlar

Bizning web sahifamiz va ijtimoiy tarmoqlarimizdagi xabarlarimizni kuzatib boring.
Savollaringiz bo'lsa biz bilan quyidagi elektron pochta orqali info-taschkent@goethe.de yoki ushbu telefon raqamlari + 998 78 140 14 70 orqali bog'laning.

Eng muhim savollarga javoblar

Onlayn tarzda o'rganing, o'qing va ma'lumotga ega bo'ling

Frau am Laptop © Getty Images

Onlayn nemis tilini o'rganish

Gyote-Institutning masofadan o’qish kurslarida siz o’zingiz qaerda va qachon dars olishingizni o’zingiz belgilaysiz.