Hamkor va homiylar

Goethe-Institut Partners and Sponsors © Photo: Goethe-Institut/Loredana La Rocca Goethe-Institut Partners and Sponsors Photo: Goethe-Institut/Loredana La Rocca
Katta loyihalarning yuzaga kelishi bugungi kunda har qachongidan ham bu ishni qo’llab-quvvatlaydigan odamlar va tashkilotlagra bog‘liq. Jamg’armalar va xususiy homiylardan  berilgan qo’shimcha mablag’lar bizning faoliyatimiz uchun xalqaro o’zaro tushunishni rivojantirishga qaratilgan a’lo darajadagi loyihalarni amalga oshirishimiz va mas’uliyatni o’z zimmamizga olishimiz mumkinligini anglatadi.
 
Siz faoliyatimizni homiy yoki ko’makchi sifatida qo’llab-quvvatlashingiz mumkin. Masalan, Siz ta’lim sohasida nemis tilini qo’llab-quvvatlash maqsadida malaka oshirish yoki almashinuv dasturlarini rivojlantirish niyatida faollik ko’rsatmoqchi bo’lsangiz yoki musiqa, teatr, tasviriy san’at sohalarida madaniyatlaro tushunishni chuqurlashtirishni xohlasangiz, unda bizga murojaat qiling. Birgalikda biz juda ko’p kishini bundan bahramand qila olamiz va barqaror do’stona munosabatlar uchun poydevor yaratamiz.