Videotanlov - Yashil Institut

Yashil-Institut mavzusiga doir tanlov © Goethe-Institut Usbekistan

"Yashil-Institut" strategiyasi doirasida Gyote-Institutda talabalar uchun 07.07. 2021 yil 31 –iyulgacha videotanlov e´lon qilindi!

Institutimiz tom ma´noda „yashil“ Gyote-Institut bo´lish uchun, kreativ yangi qoidalar tuzildi, ular tanlov uchun videorolikda ijodiy tarzda namoyish etildi.

Video quyidagilarni ko'rsatadi:

  • suv, elektr energiyasi va qog´ozni qanday tejash mumkin (broshyura o’rniga qabulxonadagi QR-koddan foydalanish);
  • chiqindilarni qanday qilib to´g´ri saralash;
  • Institut hududida tozalikka qanday rioya qilish mumkin va nima mumkin emas (ovqat qoldiqlari va chiqindilarni deraza tokchalari va o´quv xonalarida qoldirish);
  • odatlarimizni qanday o´zgartirishimiz mumkin (masalan, bir martalik plastik idish va paketlardan voz kechish);
  • «Safia» qahvaxonasidagi yangi qoidalar.

Eng qiziqarli video g'oliblari:
Sagatova Umida va Udirbaeva Amaliya!

G'oliblarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!