Alumniportal Deutschland

Alumniportal Deutschland Foto: Alumniportal Deutschland Butun dinyo bo’yicha o’n mingdan ortiq insonlar Germaniyada taqsil oladilar ishlaydilar yoki Germaniyaning chet eldagi vakolatxonalarida ishlaydilar, malaka oshiradilar yoki til kurslarida ishtirok etadilar. Germaniyada bo’lganlar uchun „Germaniyaning Alumni“ internet portali orqali siz vataningizga qaytganingizdan so’ng bir biringiz va Germaniya bilan aloqada qolishingiz mumkin.

2008 yil Sentyabr oyidan Germaniyaning Alumni portali online ravishda ishga tushirilgan. Ushbu internet portali Germaniyada bo’lga insonlar uchun yaratilgan aloqa platformasi bo’lib u dunyodagi Germaniyadagi fanga, kasb yoki shaxsiy qiziqishlari bo’lgan insonlarni bir tarmoqda birlashtiradi. Portalning asosi bu uning uyushmasidir. Unda barcha Alumnilar bir birlari bilan aloqa o’rnatadilar, gruppalar tuzib dolzarb mavzularda fikr almashib, onlayn tarzdagi seminarlarda ishtirok etadilar. Jurnal saxifamizda qiziqarli maqolalar, ish takliflari, va nemis tili bilan bog’liq bo’lgan turli ma’lumotlar va tadbirlar taklif etiladi.

Germaniyaning Alumni portali barcha tashkilot stipendiantlari uchun ochiqdir. Ushbu portal o’z mablag’lari xisobidan yoki Germaniyaning tashkilotlari xisobidan malaka oshirganlar uchun ham ochiqdir. Shunday qilib Internet tarmog’ida butun dunyoni qamrab oluvchi Germaniya alumni forumi yaratildi. Siz ham Germaniya alumni portalidan ro’yxatdan o’ting, foydalanuvchi profilini yarating va Germaniya bilan aloqada bo’lib, butun dunyo bo’ylab tarmoq orqali do’stlaringizni kengaytiring!

Germaniyaning Alumni portali Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Germaniya federatsiaysi ministrligi tomonidan moliyalashtiriladi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qo’llab quvvatlanadi va Germaniyaning halqaro miqyosda hamkorlik bo’yicha ko’p yillik malakaga ega beshta tashkiloti tomonidan boshqariladi va foydalanish uchun bepul taklif etiladi. Gyote-Instituti hamkorlik tashkiloti sifatida ushbu loyihada ishtirok etib „Madaniyat va rivojlanish“ hamda „Nemis tili“ mavzusidagi takliflari bilan o’z alumniylarini ushbu tarmoqda birlashtiradi.