Tez kirish:
To'g'ri mazmunga o'tishTo'g'ri ikkinchi darajali navigatsiyaga o'tishTo'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o’qitish 

Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o’qitish

XALQARO ONLAYN ANJUMAN

O‘zbekistondagi Gyote-Instituti O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi, Germaniya Akademik Almashuv Xizmati (DAAD)ning “Dhoch3” ta’lim dasturi, hamda, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali – fledu.uz hamkorligida 2020 yil 27-28 noyabr kunlari «Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o‘qitish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman o‘tkazadi. Anjuman zamonaviy ilm-fanning eng dolzarb ilmiy mavzularini, yangi o‘quv dasturlarni, hamda texnik va uslubiy ishlanmalarni aks ettirishga qaratilgan.

Anjumanning maqsadi: ta’lim sohasi, xususan, chet tillarini o‘qitish sohasidagi innovatsion texnologiyalar, yangi o‘quv-uslubiy va texnik imkoniyatlar, zamonaviy pedagogika muammolari va dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar almashishdan iborat.
Anjuman ta’limning barcha bosqichlarida nemis tilini o‘qitish jarayonig eng so‘nggi tadqiqotlari, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribani joriy etish natijalarini o‘z ichiga oladi.

Anjumanning ishchi tillari: nemis, o‘zbek va rus tillari.

Anjumanning asosiy yo’nalishlari:

  1. Oliy ta’lim tizimida DLL – dasturi: amaliyotda qo‘llash, natija va muammolar.
  2. Uzluksiz ta’lim (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim) tizimida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar (smart-dasturlar, raqamli ilovalar, yangi ta’lim yo‘nalishlari: MINT, CLIL v.b.).
  3. Nemis tili bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar.
  4. Nemis tili bo‘yicha multimediyaviy o‘quv materiallari va onlayn resurslarni yaratish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
  5. Nemis tilini onlayn-masofaviy o‘qitishning muammolari.

Anjuman bo’lib o’tadigan vaqt: 27-28 noyabr, 2020 yil
 
Mazkur xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman ZOOM platformasi orqali maxsus tashkil etilgan www.uzspic.uz saytida 2 kun davomida o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga onlayn anjumanga ulanish uchun havolalar yuboriladi.
Anjumanning 1–kuni (27.11.2020y.) Respublika vazirlik va boshqa muassasalar mutasaddi xodimlari, xalqaro tashkilot va o‘quv markazlari vakillari, xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida onlayn yalpi yig‘ilish o‘tkaziladi.
2–kuni (28.11.2020y.) esa alohida sho‘ba yig‘ilishlarida anjumanning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Evropa, O‘zbekiston va boshqa davlatlar mutaxassis va referentlarining ilmiy ma’ruzalari tinglanadi, bahs-munozaralar tashkil etiladi.

Anjumanga kelib tushgan ilmiy ma’ruzalar, tezislar, dastur, press-reliz, anjumanning yozib olingan video shakli va boshqa barcha materiallar www.uzspic.uz va www.conference.fledu.uz saytlariga joylashtiriladi. Munosabat, izoh, savol-javob, fikr-mulohazalar har bir maqola ostidagi maxsus bandda anjuman tugagach ham davom etadi.

Anjumanning yalpi yig‘ilishi ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri stream qilinadi.