Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
DaF-Unterricht im digitalen Zeitalter 2021© Goethe-Institut Usbekistan

Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o'qitish 2021

O‘zbekistondagi Gyote-Instituti Вазирлар Маҳкамаси хузуридаги Хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш агентлиги, Germaniya Akademik Almashuv Xizmati hamkorligida 2021 yil 08-09 октябр kunlari «Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o‘qitish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman o‘tkazadi.
Anjuman zamonaviy ilm-fanning eng dolzarb ilmiy mavzularini, yangi o‘quv dasturlarni, hamda texnik va uslubiy ishlanmalarni aks ettirishga qaratilgan.

Anjumanning maqsadi: ta’lim sohasi, xususan, chet tillarini o‘qitish sohasidagi innovatsion texnologiyalar, yangi o‘quv-uslubiy va texnik imkoniyatlar, zamonaviy pedagogika muammolari va dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar almashishdan iborat.
Anjuman ta’limning barcha bosqichlarida nemis tilini o‘qitish jarayonig eng so‘nggi tadqiqotlari, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribani joriy etish natijalarini o‘z ichiga oladi.

Anjumanning ishchi tillari: nemis, o‘zbek va rus tillari.

Anjumanning asosiy yo’nalishlari:
Uzluksiz ta’lim (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim) tizimida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar.
Nemis tili darslarida CLIL va MINT
Kasb hunarga yo’naltirish va nemis tili
Nemis tili bo‘yicha pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar.

Anjuman bo’lib o’tadigan vaqt: 08-09 октябр, 2021 yil
Mazkur xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman ZOOM platformasi orqali maxsus tashkil etilgan www.dafdigital.uz saytida 2 kun davomida o‘tkaziladi.

Anjumanning 1–kuni (08.10.2021y.) Respublika vazirlik va boshqa muassasalar mutasaddi xodimlari, xalqaro tashkilot va o‘quv markazlari vakillari, xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida onlayn yalpi yig‘ilish o‘tkaziladi.

2–kuni (09.10.2021y.) esa alohida sho‘ba yig‘ilishlarida anjumanning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Evropa, O‘zbekiston va boshqa davlatlar mutaxassis va referentlarining ilmiy ma’ruzalari tinglanadi, bahs-munozaralar tashkil etiladi.
Anjumanga kelib tushgan ilmiy ma’ruzalar, tezislar, dastur, press-reliz, anjumanning yozib olingan video shakli va boshqa barcha materiallar www.dafdigital.uz saytlariga joylashtiriladi. Munosabat, izoh, savol-javob, fikr-mulohazalar har bir maqola ostidagi maxsus bandda anjuman tugagach ham davom etadi.
Anjumanning yalpi yig‘ilishi ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri stream qilinadi.