Bir tomondan, chet tillarini o'qitish boshlang`ich va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga asoslanadi. Ikkinchi tomondan, 2001 yilda Evropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan tillar bo'yicha umumevropa kompetensiyalari chet tilini bilish darajasini baholashning milliy tizimlar uchun tavsiyalarni o'z ichiga oladi.
Ushbu ikki asos o'quv materiallarida va o'qituvchilarning kasbiy ta'limi, malakasini oshirish va uzluksiz ta'limda o'z ifodasinin topadi. Bugungi kunda asosiy e'tibor o'rganish, harakat, kompetentsiya va muloqotga yo'naltirilgan o'qitishga qaratilmoqda. Ushbu o'zgargan sharoitlar o'qituvchilarning an'anaviy rolini qayta ko'rib chiqishni va chet tili fanini modernizatsiya qilishni talab qiladi.
Mazkur holatda Gyote-Institutining innovatsion DLL dasturidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.