Tez kirish:
To'g'ri mazmunga o'tishTo'g'ri ikkinchi darajali navigatsiyaga o'tishTo'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Yevropa tillari kuni 2020© coeEDL

Yevropa tillari kuni 2020

Horijiy tilni o'rganishning afzalliklari hammaga ma’lum. Chet tili o'rganish uchun, u taqdim etgan imkoniyatlardan foydalanish uchun hech qachon Sizning yoshingiz o'tib ketmaydi. Siz tashrif buyurgan mamlakat tilidagi bir nechta so'zlar (masalan, ta'tilda) Sizga yangi do'stlar bilan tanishish, hamda do’stona aloqalar o'rnatishga yordam beradi.
O’zga xalq tilini o'rganish orqali biz bir-birimizni yaxshiroq tushunishimiz va madaniy to'siqlarni engishimiz mumkin.

2001 yildan beri Evropa tillari kuni har yili 26 sentyabrda nishonlanadi. Evropa tillari kuni quyidagi umumiy maqsadlarga ega:

  1. Xorijiy til o'rganishning ahamiyati to'g'risida jamoatchilik xabardorligini oshirishga yordam berish va turli xil tillarni o'rganilishini ta'minlash, shu tariqa til va madaniy xilma-xillikka hissa qo'shish,
  2. Evropada tillar va madaniyatlar xilma-xilligini qo’llab quvvatlash,
  3. Xorijiy tillarni kundalik hayotda, maktabda va maktabdan tashqari vaqtda, xoh o’quv mashg’ulotlarda bo'lsin, xoh kasb taqqozosi bilan o’rganilishiga ko'maklashish.


EVROPA TILLARI KUNI DOIRASIDA MAHORAT DARSLARI

Bolalar uchun

O'zbekistondagi Gyote instituti 8 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarni ajoyib onlayn eksperimentlarda ishtirok etishga va Nobel mukofoti laureati, professor Eynshteyn va uning yordamchisi Sofi Shlau honim bilan birgalikda nemis tilini o'rganishga taklif qiladi.
Nemis bolalar onlayn universitetining mahorat darsida Siz qiziqarli tajribalarda uydan chiqmagan holda ishtirok etishingiz mumkin. Shuningdek, viktorina savollari, o'yinlar va sovg'alar Sizni kutmoqda!
Kattalar uchun biz bolalarga har kungi tabiat hodisalarni o’yin orqali tushuntirib berish imkonini beradigan "Inson", "Tabiat" va "Texnika" fakultetlarini o’zida mujassam qilgan Nemis bolalar onlayn-universitetini taqdim etamiz.

22.09.2020 | 16:00 – 17.30

Musiqaga qiziqasizmi? Siz beatbox nimani anglatishini va beatboxer nima bilan shug'ullanishini bilasizmi? Ovozlar va shovqinlar bilan tajriba o'tkazishni xohlaysizmi? Unda bizning mahorat darsimiz aynan Siz uchun!
Siz uydan chiqmagan holda janob Eynshteyn va Shlau xonim bilan birga onlayn bolalar universitetimizga tashrif buyurishingiz va nemis so'zlarini o'rganishdan zavq olishingiz mumkin. Shuningdek, Siz bizning kichik sovrinli musobaqalarimizda ham ishtirok etishingiz mumkin.

Ishtirok uchun havola: https://zoom.us/j/98134686347
23.09.2020 | 16:00 – 17.30

Marmeladli ayiqchalarni yoqtirasizmi? Ular qanday tayyorlanishini va nega ular rang-barang ekanligini bilasizmi?
Bizning mahorat darsimizga albatta kiring! U erda Siz marmeladli ayiqchalar haqidagi ko'plab savollarga javob topasiz va o’z vaqtingizni hursandchilik bilan o’tkazasiz!

Link für den Online-Zugang: https://zoom.us/j/98134686347
24.09.2020 | 16:00 – 17.30 

Quvnoq tepaliklarda aynan nima sodir bo'ladi? Bu xavfli emasmi? Pulsingizni qanday o'lchashni bilmoqchimisiz?
Bizning mahorat darsimizga albatta kiring! U erda Siz quvnoq tepaliklar haqidagi ko'plab savollarga javob topasiz va o’z vaqtingizni hursandchilik bilan o’tkazasiz!

Ishtirok uchun havola: https://zoom.us/j/98134686347

Yoshlar uchun

Siz

  • Germaniyada oliy o'quv yurtida o'qish, ilmiy tadqiqot qilish yoki ishlash;
  • Germaniyada barcha oliy o'quv yurtlari tomonidan tan olingan nemis tili imtihonini topshirish;
  • ilmiy tadqiqot muassasalarni va ish beruvchilarni Sizning nemis tilini bilimlaringizga ishontirishni hohlaysiz. 
TestDaF til imtihoni xalqaro tan olingan hujjat bo'lib, Sizning nemis tili bilimlaringiz ilmiy loyihalar va oliy o'quv yurtilarda o'qitiladigan kasblar uchun yetarliligini tasdiqlaydi. U Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha chet tilini bilish darajasining B2 dan C1 gacha bosqichlarini qamrab oladi.
 

22.09.2020 | 10:00-11.30

Mahorat darslari davomida Siz TestDaF imtihonini, unga tayyorgarlik ko’rish haqida umumiy ma'lumotlar olasiz, hamda, imtihonning o’ziga hos xususiyatlari, imtihonni topshirish va baholashga jarayoniga qo’yiladigan talablari haqida bilib olasiz. Shuningdek, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun maslahatlar va tavsiyalar olish imkoniga ega bo'lasiz.

Ishtirok uchun havola: https://zoom.us/j/98337547507
 
24.09.2020 | 10:00-11.30

Mahorat darslari davomida Siz TestDaF imtihonini, unga tayyorgarlik ko’rish haqida umumiy ma'lumotlar olasiz, hamda, imtihonning o’ziga hos xususiyatlari, imtihonni topshirish va baholashga jarayoniga qo’yiladigan talablari haqida bilib olasiz. Shuningdek, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun maslahatlar va tavsiyalar olish imkoniga ega bo'lasiz.

Ishtirok uchun havola: https://zoom.us/j/98337547507
 
26.09.2020 | 10:00-11.30

Mahorat darslari davomida Siz TestDaF imtihonini, unga tayyorgarlik ko’rish haqida umumiy ma'lumotlar olasiz, hamda, imtihonning o’ziga hos xususiyatlari, imtihonni topshirish va baholashga jarayoniga qo’yiladigan talablari haqida bilib olasiz. Shuningdek, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun maslahatlar va tavsiyalar olish imkoniga ega bo'lasiz.

Ishtirok uchun havola: https://zoom.us/j/98337547507
 

Barcha uchun

Kelajak uchun qanday rejalar tuzsangiz ham, nemis tilida gaplashish Siz uchun ko'p eshiklarni ochadi. Nemis tilini o'rganish, nafaqat kasbiy faoliyatingiz balki shaxsiy hayotingizda ham yordam beradigan ko'nikmaga ega bo'lishni anglatadi: Nemis tilida so'zlashadigan biznes sheriklar bilan muloqot ishbilarmonlik aloqalarini yaxshilaydi, aloqa samaradorligini oshiradi va shu bilan muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini beradi.
Germaniyalik hamkorlar bilan nemis tilida so’zlashish, ishbilarmonlik soxasida yahshi munosabatlar yaratilishiga olib keladi va u o’z navbatida aloqalarni yahshilanishiga va ushbu sohada yutuqlarga erishishga olib keladi. Nemis tilini bilish orqali Siz o’z mamlakatingizda va boshqa mamlakatlarda nemis tashkilotlarida ishlash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Nemis tilini o'rganish bu nemis tilida so’zlashuvchi mamlakatlar aholisining hayot tarzi, istaklari va orzulari bilan yaqindan tanishish degani. Germaniya Federativ Respublikasi Germaniyada ta'lim olish uchun juda ko‘p stipendiyalar ajratadi. Germaniya va dunyoning ko'plab davlatlari o'rtasida talabalar almashinuvi bo'yicha shartnomalar mavjud.
 

25.09.2020 | 14:00-15.30 

Bizning mahorat darsimizda Siz nemis tilini o'rganish bo'yicha ko'plab maslahat va tavsiyalar olish imkoniga ega bo’lasiz.

Ishtirok uchun havola: https://zoom.us/j/92256601934
 

Ta’lim sohasida hamkorlik bo’limining axborot soati

Gyote/ PASCH grantlariga qay tarzda ariza topshiriladi?

25.09.2020 | 15:30 - 17:45

Siz O’zbekistondagi ta’lim muassasalaridan birida nemis tilidan dars berasiz va Gyote Institutining grantlariga qay tarzda ariza topshirish kerakligini bilmaysizmi? Demak, ushbu tadbir aynan Siz uchun. Tadbir davomida Siz quyidagi mavzular bo’yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo’lasiz:

  • ariza topshirish shartlari;
  • ariza topshirish jarayoni;
  • ariza topshirish muddati;
  • ariza blankasini to’ldirish qoidalari:
Ishtirok uchun havola: https://zoom.us/j/95849639653