Nemis tili bilan ko'proq bilimga ega bo'lasan! © Goethe-Institut / Kids Interactive

texnik TALABLAR VA KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR

Bu ruknda Sizga platformamizdan foydalanish uchun zarur bo’lgan texnik talablar to’g’risida ma’lumotlar havola etiladi hamda ko’p beriladigan savollarga javoblar beriladi. Agar bu yerda javob topa olmagan bo’lsangiz, savolingizni bizga elektron pochta manzilimizga yuboring: kinderuni@goethe.de. Sizga bajonudil yordam beramiz!

Ma’ruzalarni ko’rish uchun, Siz avval o’quv platformamizda shaxsiy kabinet ochishingiz kerak. Buni mana bu link yordamida amalga oshirishingiz mumkin.
Ba’zibir foydalanuvchilar xavfsizlik choralariga beparvolik bilan qarab, o’ta sodda parol o’ylab topishadi. Parolingiz kamida 8 belgidan iborat bo’lishi va ularning orasida: kamida 1 raqam, 1 kichik harf, 1 katta harf va kamida 1 maxsus belgi, masalan * yoki # bo’lishi shartligini unutmang.
 
Siz o’qishingizni uchta fakultetning xohlagan  ma’ruzasidan boshlashingiz mumkin, qolgan ma’ruzalarni ham istalgan ketma-ketlikda ko’rishingiz mumkin.
Javoblarning 3 dan 2 qismi to’g’ri bo’lsa, vazifani bajargan bo’lasiz.
Vazifalarga o’tish imkoniyati ochilishi uchun Siz avval ma’ruza davomida ekranda paydo bo’layotgan so’zlarni tutib olishingiz kerak – buning uchun so’zlarni sichqonchaning chap tugmachasi bilan bosishingiz kerak.
Balki Siz internet-brauzeringizning sozlamalarida „cookies“ qabul qilinishiga yo`l qo`ymagandirsiz. Biz sahifamizda ikki turdagi cookies ishlatamiz:
1-turi „MoodleSession“ majburiy zarurdir. Bu turni Siz qabul qilishingiz shart, faqat shundagina bir sahifadan ikkinchisiga uzluksiz, har safar login va parolingizni kiritmasdan o`ta olasiz. Tizimdan chiqqaningiz yoki brauzer yopganingizda, bunday cookies ham brauzerdan, ham serverdan o`chiriladi.
2-turi „MoodleID“ foydalanishni osonlashtiradi. Mazkur cookie-faylida brauzerda login to`g`risida ma`lumotlar saqlanadi. Bu degani: Siz sahifaga qaytganingizda, „login“ qatori to`ldirilgan bo`ladi degani. Bu turdagi „cookie“ lar qabul qilinishini to`sib qo`yish mumkin, lekin bunday holda tizimga har bir kirishda paroldan tashqari loginni ham o`zingiz kiritishingiz kerak.
Brauzeringizni „cookie“ qabul qilinishini tegishli ravishda sozlang. Batafsil ma`lumotlarni bevosita Internet Explorer, Mozilla Firefox, Google Chrome va Apple Safari brauzerlarida „texnik yordam“ ruknida topasiz.
 
Vazifalarni bajarganingiz uchun to`rtadan beyjni qo`lga kirita olasiz. Bitta beyj birinchi uchta vazifaga beriladi, ikkinchi beyj bonus vazifasi uchun. Agar vazifalar nemis tilida bajarilsa, qo`shimcha yana ikkita beyjni qo`lga kiritsa bo`ladi. Lekin ilmiy karyera zinasidan ko`tarilib borish uchun vazifalarni nemis tilida bajarish shart emas. Bu nemis tilini o`rganayotganlar uchun bir kichik bonus xolos.
Ma`ruzalarni planshet yoki smartfonda ko`rsam bo`ladimi?
O`quv platformamizdan foydalanish uchun quyidagi texnik jihatlar mavjudligi maqsadga muvofiq:


kompyuter
IBM-PC yoki Apple MAC 
prosessor
700 MHz-Prozessor yoki tezroq 
operativ xotira
kamida 192 MB RAM
operativ tizim
Microsoft Windows7 yoki yuqoriroq;
Mac OSX 10.6 yoki yuqoriroq
kompyuter dasturi
Adobe Flash Player 11.2 yoki yuqoriroq
grafik karta
Muhiti 1024 x 768 pikselli va 16 mln rangli grafik karta
brauzer
Internet Explorer ® zamonaviy versiyasi (32 bit versiyasi)
Firefox ® zamonaviy versiyasi
Chrome
Apple Safari
zamonaviy versiyasi
internet
internet aloqa tezligi kamida 400 kbits/s



 
O`qituvchi uchun shaxsiy kabinetga ega bo`lib, Siz PDF-formatidagi didaktik materiallardan bepul foydalanishingiz mumkin.
Ota-onalar uchun shaxsiy kabinetga ega bo`lib, Siz farzandingiz bilimlarni qanday o`zlashtirayotganligini kuzatib borishingiz va u qanday marralarni zabt etganini ko`rishingiz mumkin.
Agar Siz yangi parol olishga ariza bergan, lekin ma`murdan hech qanday e-mail olmagan bo`lsangiz, buni sababi Siz o`quv platformamizda hali shaxsiy kabinet ochmaganligingiz bo`lishi mumkin, chunki Siz hozirgacha faqat Gyote-Instituti sahifasida ro`yxatdan o`tgansiz. O´quv platformamizda shaxsiy kabinet ochish uchun, bu sahifadagi formularni to`ldiring.
Agar Siz o`quv platformamizda shaxsiy kabinetga ega bo`lsangiz-u, lekin baribir parolingizni tiklash uchun e-mail olmagan bo`lsangiz, sahifa ma`muriga murojaat qiling: Agar Siz yangi parol olishga ariza bergan, lekin ma`murdan hech qanday e-mail olmagan bo`lsangiz, buni sababi Siz o`quv platformamizda hali shaxsiy kabinet ochmaganligingiz bo`lishi mumkin, chunki Siz hozirgacha faqat Gyote-Instituti sahifasida ro`yxatdan o`tgansiz. O´quv platformamizda shaxsiy kabinet ochish uchun, bu sahifadagi formularni to`ldiring.
Agar Siz o`quv platformamizda shaxsiy kabinetga ega bo`lsangiz-u, lekin baribir parolingizni tiklash uchun e-mail olmagan bo`lsangiz, sahifa ma`muriga murojaat qiling: kinderuni@goethe.de
 

Aloqa

Dildora Mukhammadaminova
Til bo’limi boshlig‘i
O’zbekistondagi Gyote instituti
dildora.mukhammadaminova@goethe.de

Dilorom Ismatillaeva
Nemis tili bo’yicha ta`lim sohasida hamkorlik
O’zbekistondagi Gyote instituti
dilorom.ismatillaeva@goethe.de



 

Savollaringizni quyidagi manzilga yo'llang:
kinderuni@goethe.de

Loyiha hamkorlari

WDR-Logo      Deutsche Welle

IJTIMOIY TARMOQLAR

Batafsil ...