Kinderuni © Goethe-Institut

3 FAKULTET
30 VIDEO-MA’RUZA
240 DAN ORTIQ INTERFAOL VAZIFA

Haydovchisiz mashina qanday yuradi? Nega chig’anoq ichida shovullash eshitiladi? Samolyot bilan tunukali banka bir biri bilan qanday bog’liq? 3D-printer qanday ishlaydi? Nemis onlayn bolalar universitetida bolalar shu va shu kabi ko’p savollarga javob topishadi!

Bolalar universiteti shakli Germaniyada juda keng tarqalgan: deyarli har bir oliy o’quv yurtida taniqli professorlar tomonidan 8 dan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun dars mashg’ulotlari o‘tkaziladi.
Lekin qo‘rqmang: biz farzandingizni formulalar yodlashga va imtihonlar topshirishga majburlamaymiz. Aksincha, bizning parishonxotir professorimiz Eynshteyn, uning dono yordamchisi Sofi Shlau va yoqimtoy robot YOVO bolalarga ularga tushunarli tarzda va o’yin shaklida murakkab tabiat hodisalarini tushuntirib berishadi.
Bolalar universitetimizning tuzilishi oddiy universitetga juda o’xshab ketadi. Bolalar uchta fakultetda ta’lim olishadi, har bir fakultet 15 ma`ruzadan iborat. Fakultetlarimiz:
© Goethe-Institut Moskau / Kids Interactive

Inson
Tabiat
Texnika

Bunday noodatiy va maktab dasturidan ancha farq qiladigan vazifalarni bajarish orqali yosh „talaba“ beyjlar to’playdi, ular esa unga universitetda ilmiy unvonini qo’lga kiritishga yordam beradi: bola universitetni professor unvonida tugatadi, undan avval esa bakalavr, magistr va fan doktori unvonini olgan bo‘ladi.

Bu puxta o’ylab chiqilgan tizim zamonaviy didaktikaning eng muvaffaqiyatli usullaridan biri bo’lgan „gamification“ deb ataladigan usulga asoslanadi.
 
Bizning maqsadimiz – universitetimiz haqiqatan butunlay hamma uchun ochiq bo’lishidir. Hozirgi jamiyatda bunga erishish uchun birgina yo’l bor xolos – onlayn, ya’ni internet tarmog’i orqali. Shundagina har bir bola, xattoki mamlakatning chekka joylarida ham, bilimlarga qiziqishini o’ygotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari bolalar zamonaviy axborot va texnika vositalaridan foydalanishni o’rganishadi, ya’ni media savodxonlikka ega bo‘lishadi. Maktabda media savodxonlik darslari hozirgacha o’tilmaydi va shu sababli afsuski axborot va texnik vositalardan foydalanuvchilarning aksariyatida bu savodxonlik yetarli darajada emas. Onlayn bolalar universiteti zamonaviy axborot va texnika vositalaridan savodli va mas’uliyatli foydalanishda yordam beradi.
Bola chet tillar olamiga qancha erta „shung’ishni“ boshlasa, chet tillarni osonlik bilan o’rgana olishining ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Zamonaviy didaktika chet tillarni bizga odat bo’lib qolganidek o’quv kitoblaridan emas, balki „CLIL“ (Content and Language Integrated Learning) deb atalgan usul yordamida o’rganish qiziqarliroq va osonroq kechishini isbotlagan. Bu g’oya juda oddiy: bolaga yangi vazifalar birdan chet tilida beriladi. Masalan: bola biror fizikaviy tajribani o’tkazadi, vazifalarni bajaradi va natijalarni nemis tilida yozadi.

Germaniya juda boy ilmiy an‘analarga ega. Bu yerda kitob bosadigan uskuna, elektr lampochka, telefon, dinamo, avtomashina, dizel motori va MP3 formati o`ylab topilgan; vakuum va rentgen nurlari aniqlangan va nisbiylik nazariyasi asoslab berilgan.

Hozirda esa nemis tili dunyoning ikkinchi o’rinda turgan fan tili bo’lib, Germaniya jahonda ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish masalasida uchinchi o’rinda turadi va fan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shadi.

Bizning universitetimda darslar uch tilda olib boriladi: ma'ruzalar o'zbek, rus va nemis tillarida subtitrlar bilan beriladi.

  • Lernplattform Startseite © Goethe-Institut
  • Lernplattform Vorlesung © Goethe-Institut
  • Lernplattform Aufgabe © Goethe-Institut
  • Lernplattform Auszeichnungen © Goethe-Institut

Xabarnomaga a'zo bo'lish yoki bekor qilish

Yangidan a'zo bo'lish

Farzandingizning muvaffaqiyatlarini kuzatib borish hamda ularning qay bosqichga yetganligini bilish uchun ota-onalar akkauntini yarating.

Aloqa

DILDORA MUKHAMMADAMINOVA
Til bo’limi boshlig‘i
O’zbekistondagi Gyote-Instituti
dildora.mukhammadaminova@taschkent.goethe.org

DILOROM ISMATILLAEVA
Nemis tili bo’yicha ta`lim sohasida hamkorlik
O’zbekistondagi Gyote-Instituti
Dilorom.Ismatillaeva@goethe.de



 

Savollaringizni quyidagi manzilga yullang:
kinderuni@goethe.de

Loyiha hamkorlari

WDR-Logo       Deutsche Welle

IJTIMOIY TARMOQLAR

Batafsil ...

KINDERUNI BILAN JONLI MULOQOT