HAMKORLAR UCHUN TAKLIFLARIMIZ

Mazkur loyiha doirasida plakatlar ko’rzgazmasini va mobil laboratoriyani hamda qiziqarli tajribalarni taklif etamiz, laboratoriyamiz fan va nemis tili bilan bog’liq bo’lgan turli harakatlarni amalga oshirishga taklif etadi.

PLAKATLAR KO‘RGAZMASI

Bolalar universitetining plakatlar ko’rgazmasi sakkizta mashxur nemis olimlarini va ularning eng muhim yutuqlari va kashfiyotlarini taqdim etadi. Ko’rgazmaga qo’shimcha ravishda o’zbek va rus tillarida „poyga“ o‘tkaziladi.

Kinderuni jomadonda

Mazkur dastur – bolalar uchun tegishli mavzularga yo’naltirilgan xatti-harakatlar to’plami bo’lib, ular „Kinderuni chamadoni“ yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu - ko’chma laboratoriya bo`lib, uning ichida qiziqarli tajribalar uchun jihozlar va materiallar bor. Tajribalar mashxur nemis olimlarining tadqiqotlari, ixtiro va kashfiyotlari bilan bog’liq. Ular Nemis onlayn bolalar universitetining uchta fakultetiga, ya‘ni inson, tabiat va taxnika fakultetlariga to’g’ri keladi.

„Kinderuni chamadonda“ dasturi fanni ommalashtirish bo’yicha mutaxassislar Gyote-Instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqishgan.
Sinov daftarchasi va metodik qo`llanma o’qituvchlarga bolalar bilan xilma-xil harakatlarni amalga yordam beradi. Har bir fakultet bo’yicha uchtadan tajriba bor. Har bir harakat biror tabiat hodisasi yoki tabiat qonuniga asoslanadi, mazkur hodisa yoki qonun tajriba davomida namoyish etiladi.
Har bir dars – mustaqil mashg`ulotdir, o’quvchilar tayyorgarligining dastlabki darajasiga mutlaqo bog’liq emas va „chamadonning“ boshqa mashqlarini avval bajarishni talab qilmaydi. Mashqlar universal, ya’ni ularni har xil shaklda o’tkazsa bo’ladi:
maktab sinfi (12-30 kishi) uchun an’anaviy dars;
maktabda ommaviy tadbir (30-100 kishi);
stend oldida mini-tadbir, o’tib ketayotgan tomoshabin uchun. Bundan tashqari mashqlar doirasida tajriba shaklining o’zi ham o’zgartirilishi mumkin, masalan stend oldida prezentasiya qilinadigan holatda amaliy darsning bir qismi prezentasiya shaklida o’tkazilishi mumkin. Muayyan holatlarda namoyish etilajak tajribani tayyorlash jarayoniga o’quvchilar orasidan yordamchilarni jalb etish mumkin.
  • Mobile Kinderuni Foto: © Goethe-Institut
  • Plakatausstellung Deutsche Wissenschaftler Foto: © Goethe-Institut
  • Plakatausstellung Deutsche Wissenschaftler Foto: © Goethe-Institut
  • Mobile Kinderuni Foto: © Goethe-Institut
  • Mobile Kinderuni Foto: © Goethe-Institut

Aloqa

Dildora Mukhammadaminova
Til bo’limi boshlig‘i
O’zbekistondagi Gyote instituti
dildora.mukhammadaminova@goethe.de

Dilorom Ismatillaeva
Nemis tili bo’yicha ta`lim sohasida hamkorlik
O’zbekistondagi Gyote instituti
dilorom.ismatillaeva@goethe.de



 

Savollaringizni quyidagi manzilga yo'llang:
kinderuni@goethe.de

Loyiha hamkorlari

WDR-Logo      Deutsche Welle

IJTIMOIY TARMOQLAR

Batafsil ...

KINDERUNI BILAN JONLI MULOQOT