PASCH o‘quvchilari o‘rtasidagi aloqalar va madaniyatlararo almashinuv
Yoshlar kurslari Goethe-Institut tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar orasida PASCH o‘quvchilari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va madaniyatlararo almashinuvni ta’minlash uchun asosiy vosita hisoblanadi. Germaniyadagi yoshlar kurslari stipendiatlarning madaniy xilma-xillikni chuqurroq anglashiga, mamlakatshunoslikni jonli va qiziqarli tarzda o‘rganishiga hamda nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi.