KRISTOF BIMANN PASCH-MAKTABLARIDA TAJRIBALAR O‘TKAZAYAPTI

O’ZBEKISTON BO’YLAB PASCH-SARGUZASHT
O’zbekistondagi bahor yozning jazirama kunlaridan va uzoq kutilgan yozgi ta’tildan darak beradi. PASCH-o’quvchilarini yozgi ta’tilga kuzatishdan oldin, 2019-yil 24-29-may mobaynida ular beshta MINT-mahorat darslarida qatnashishga ulgurdilar.

Dastlabki ikkita master-klassni Kristof Bimann Toshkentda o’tkazdi, birinchisini – Gyote-Institutning kutubxonasida hamda ikkinchisini – 112-sonli PASCH-maktabda. Bundan so’ng janob Bimann butun mamlakat bo’ylab sayohat qildi. Birinchi bekat Andijon bo’ldi va u yerda Farg’ona vodiysining ikkita PASCH-maktabi uchun bitta umumiy master-klass o’tkazildi. Undan keyin Buxoroning Fridrix Shiller nomini tashuvchi PASCH-maktabida mahorat darsi tashkil qilindi. Va eng so’ng Kristof Bimann Xiva shahridagi hamkor maktabga tashrif buyurdi.
Master-klassga tayyorgarlik sifatida o’quvchilar nemis tili darsida kulgili va jiddiy hikoyalardan foydalandilar. Ulardan ko’pchiligi digital bolalar universiteti bilan ham anchadan beri yaxshi tanish. Ushbu mahorat-darslarining eng katta ahamiyati shundaki, ular bir maqsadga yo’naltirilgan geterogen auditoriya yaratish imkonini beradi. Master-klass o’tkazilgan barcha joylarda kunlik vaziyatlarni yaqinroq yoritadigan va, shu bilan birga, ham yoshlarga, ham katta yoshdagi o’rganuvchilarga murojaat qiluvchi tajribalar o’tkazildi.  
Har bir hamkor maktabda o’tkazilgan mahorat darslari bir-biriga o’xshash o’tdi, shuningdek, o’ziga xos baxtli lahzalar bo’ldi. 8 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar maktab zallarida yig’ilib janob Bimanni tantanali ravishdagi „Guten Tag“ bilan qarshi olishdi. Sichqon bilan ko’rsatuv o’zbek televideniyesi orqali olib berilmaydi, biroq janob Bimann (shubhasiz o'zining yashil sviterida) rostdan ham shu yerda turibdi. Bu qanday sharaf!  
 
 
TAJRIBALAR – USHLAB OLISHDAN TUSHUNISHGACHA

Janob Bimann bolalar tomonidan nima yaxshi qabul qilinishini biladi, u goh biroz pala-partish va kulgili, va uning tajribalari ham o’zida muloqot komponentlarini tashiydi. Boshida o’quvchilar uyalib partada o’tirishar va hayajon bilan tajribalarni kutishar edi. Lekin bir ozdan keyin, Kristof Bimann qanday qilib nemis tilida tuxumni qo’rqitish mumkinligini tushuntirayotganda, butun hayajonlar o’tib ketdi va bolalar kulgisi butun zalni to’ldirdi.
Bu bilan birga Kristof Bimann sinchiklab, zavq va mehr bilan narsalarning jismoniy xususiyatlarini, misol uchun, nega havo jism hisoblanishini, havo bosimi qanchalik kuchli ekanligini, kim birinchi bo’lib elektr energiyasini ixtiro qilganligini, qachon tuxum suvda suzishini, shuningdek, insonlar qanday o’qib-o’rganishini, nega kulgi yuqimli ekanligini va boshqa ko'plab narsalarni tushuntirib berdi. U nafaqat o’quvchilarni, balki o’qituvchilarni ham o’ylovga solishga, hayron qoldirishga va, shu bilan birga, kuldirishga erishdi.
Har bir tajribaning maqsadi predmetning ichki mantig’i bilan tanishish, shunga yarasha biror narsa ushlab qolish va tushunishdan iborat. Tajriba qilish – bu biror narsaga qo’l urishga qaror qilish, balki bu asnoda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutish, ammo hammasini boshidan boshlash va shu tariqa asta-sekin bilimlarga ega bo’lish – aynan shunday o’quv jarayonini biz o’quvchilarga yetkazib bermoqchimiz. Agar ular to‘g’ridan-to’g’ri chet tillari va tabiiy fanlar bilan aloqada bo’lishsa, ularning bu bilan qiziqishi va o’zlariga ishonishi muhim. Bularning hammasini o’quvchilar yozgi ta’tillarga birga olib ketdilar.