O'zbekistondagi Gyote-Institutda kulturweit-ko'ngillilar xizmati

Ko'ngillilar xalqaro xizmati 18dan 26 yoshgacha bo'lgan yoshlarga boshqa bir mamlakatda madaniyat va ta'lim siyosati sohasida malakaga ega bo'lish imkonini beradi. Kulturweit ko'ngillilari o'zlarining ko'ngilli xizmatlarini dunyo bo'ylab ko'plab tashkilotlarda o'taydilar. 

Bu yerda 2018/2019-yillarda O'zbekistondagi Gyote institutda tajriba o'tagan hamda Bishkek va Tojikistondagi yozgi maktablar kabi ko'plab PASCH-loyihalarining tashkiliy ishlarida qatnashgan ko'ngillilar o'z tajribalari haqida qisqacha gapirib beradilar. Ular O'zbekistonda ularga eng ma'qul tushgan jihatlar, amaliyot paytida nimalar bilan shug'ullanganlari kabi savollarga javob berib, Markaziy Osiyoda yashash bo'yicha boshqa tavsiyalar ham berib o'tadilar.