PASCH – ECO MAKTABLARI

PASCH – eko maktablari
© Goethe-Institut Usbekistan

O‘RTA OSIYODAGI BIRINCHI PASCH – ECO-MAKTABLARI
Direktorlar, nemis tili va STEM fanlari o‘qituvchilari uchun onlayn PASCH konferensiyasi.

Toshkentdagi Gyote-institutining “PASCH (hamkorlik maktabi) yashil-maktabi” onlayn-konferensiyasi Qozog‘istonning Gyote-instituti bilan hamkorlikda biologik xilma-xillik va suv resurslari dunyosini tushunish, shuningdek, atrof-muhitga zararli ta’sir etuvchi omillar va sabablarni ilmiy o‘rganishga qaratilgan.


PASCH – eko maktablari

Anjumanning birinchi kunida to‘rtta mamlakatdan kelgan 23 ta PASCH maktablarining direktorlari O‘rta Osiyodagi ekologik muammolar, shuningdek ularning yechimlari va PASCH maktablarida tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan ilg‘or tajribalar misollarini o‘rganishdi.
 
Anjumanning keyingi ikki kunida 40 ga yaqin nemis tili va biologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Fan o‘qituvchilari bilan birgalikda biologik xilma-xillik hayotga tatbiq etildi va ilmiy jihatlar yanada oydinlashdi. Quyidagi fikrlar muhokama qilindi va ularga yechimlar izlandi:
miqdori doimiy ravishda o‘sib borayotgan chiqindilarni qayta ishlash;
shaxsiy suv iste’molini tanqidiy muhokama qilish;
suv resurslaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish.Xalqaro yondashuv, birinchi navbatda, muammolarni global tushunishga, shuningdek, PASCH maktabi o‘quvchilari bilan bo‘lajak loyihalarga realistik yondashishga xizmat qiladi.
 
FANLARARO VA BARQAROR 3-D UYDA
 
Anjumanning oxirgi 3 kuni 26-28 oktyabr kunlari virtual 3-D uyda bo‘lib o‘tdi. Fanlararo muhokamada anjuman ishtirokchilari atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha maqsadlarga to‘xtalib, maktab seminarlarini rejalashtirish va o‘z mintaqalarida barqaror rivojlanishga yo‘naltirish bo‘yicha birinchi qadamlarni tashladilar.

PASCH – eko maktablari

Chiqindi, o‘simlik va suv masalalari bo‘yicha uchta ishchi guruh tuzildi. Chiqindi bo‘yicha ishchi guruh, asosan, Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro va Xiva shaharlaridan hamda Tojikistonning Xo‘jand shahridan kelgan o‘qituvchilardan iborat edi. Janubiy-g‘arbiy O‘zbekiston, ya‘ni Urganch va Nukusdan, suv bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan shaharlardan kelgan o‘qituvchilar uchun suv mavzusi qiziqarli bo‘ldi. O‘simliklar masalalari bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga Qarshi va Toshkent shahridagi PASCH umumta’lim maktablari o‘qituvchilari kiritildi.
 
Tajriba (pilot) maktablarini tanlash oson bo‘lmadi. PASCH maktablari direktorlari, o‘z loyihalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatadigan va 2021-yilning yozigacha yashil maktabning yuzi bo‘ladigan, O‘zbekiston/Tojikiston va Qozog‘iston/Qirg‘iziston mamlakatlaridan bittadan maktabni tanlashlariga to‘g‘ri keldi.
 
IKKILI PILOTLAMA
 
Qizg‘in kechgan muzokaralar davomida ikkita tajriba (pilot) maktab tanlab olindi. Toshkentdagi Gyote-instituti nazorati ostidagi birinchi PASCH eco-maktab Toshkent shahridagi 112-sonli maktab bo‘ladi. Eco-maktab, tozalik darajasi past bo‘lgan muhitda joylashish kerakligi sababli, maktab bir qator ekologik muammolarga ega yirik shahar markazida joylashgan.
 
Ikkinchi tajriba (pilot) maktabi sifatida Qozog‘istondagi Gyote-instituti qoshida bo‘lgan Norin shahridagi (Qirg‘iziston) maktab tanlandi. Toshkentdagi tanlangan maktab bilan quyidagidan ko‘ra kattaroq farq bo‘lishi mumkin emas: PASCH maktabi manzarali darada joylashgan, ammo Tyan-Shan tog‘ tizmasining ko‘rinishi rasmli xatlarda tasvirlangandek chiroyli emas. Norin shahridagi PASCH maktabi direktorlari va o‘qituvchilari mintaqadagi ko‘plab ekologik muammolar bilan tanishlar. Atrof-muhitning keng ko‘lamli ifloslanishining oqibatlari, asosan, ushbu hududga sayr qilish uchun keladigan sayyohlarni ham e’tiborsiz qoldirmaydi. Daryolar ifloslangan va muzliklar tez erimoqda. Tabiiy ofat Tyan-Shanning qoq markazidadir.
 
Toshkentdagi Eco-maktab allaqachon yuqori motivatsiyaga ega loyiha kordinatoriga ega. U PASCH maktabi o‘qituvchisi Mohira Istamovadir. U allaqachon bolalar va yoshlar bilan ishlashni, ularni ekologik muammolarni tushunishga va barqaror yashil dunyoni yaratishga o‘rgatish uchun ishlashni orziqib kutmoqda. O‘quvchilar o‘simliklarni ekish, tajriba o‘tkazish yoki o‘rganish, tinglash yoki muhokama qilishidan qat’i nazar PASCH ning dastlabki ikkita maktabida hamma uchun biror mashg‘ulot topiladi.

PASCH – eko maktablari

Boshlangan loyihalar 2021-yil avgustda – Olmaota shahrida yoki muqobil ravishda raqamli formatda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan navbatdagi O‘rta Osiyo PASCH maktablari direktorlari konferensiyasida taqdim etiladi.