Markaziy Osiyoda xotira madaniyati – 9-may kuni bugun qanday nishonlanishi


PASCH-o’quvchilari hamda PASCH-o’qituvchilari o’z ajdodlarining Ikkinchi jahon urushida boshlaridan kechirganlari to’g’risida gapirib beradilar. Bu yerda shuni tushunib yetamizki, tarix faqat raqamlar va qurbonlar haqida gapirib beradi, ammo ularning ortida qanday oilaviy hikoyalar yotganini bu yerda ilk marotaba o’qiymiz.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududidagi Gyote Institutlari bilan hamkorlikda kelayotgan yili „Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda xotira madaniyati“ nomli hududiy PASCH-loyiha o’tkaziladi.


1. Roza Sobirova, Urganch shahri 19-sonli PASCH-maktabi nemis tili o‘qituvchisi
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

„Bu mening buvam va ular menga tug’ilganimdanoq bir bobo mehrini berganlar, bolaligimda hech qachon o’zimni yolg’iz xis qilmaganman, sababi, ular men ularga muhtoj bo’lganimda doimo yonimda bo’lganlar. Biz nabiralari sifatida ularni otalarimizdan ham ko’proq yaxshi ko’rar edik. Ular juda bag’rikeng, hazilkash va ishonchli inson edilar. Sabirov Sodiqjon, 1922-yilda tug’ilib, 1943-yildan boshlab Ikkinchi jahon urushida qatnashib, daxshatli xodisalarni o’tkazdilar. Ular miyalaridagi o’q parchalari sababli hayotlarining oxirgi 3 yilida umuman ko’ra olmay qolganliklariga qaramasdan, hech qachon noshukrlik bildirmadilar. Ular hayotlari, taqdirlari uchun Allohga doim minnatdor edilar“. 
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836950029679610/


2. Sabirova Shoxsanam, Urganch shahri 19-sonli PASCH-maktabining 11 D-sinf o‘quvchisi
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

„Mening katta buvim qattiqqo’l, aqlli va hayotdan hursand, kuch-quvvatga boy ayol. Boshqa chevaralariga qaraganda men ularni yaxshiroq taniyman, chunki ular bilan 2 yil davomida birga yashadim. Mening maktabim ularning uylariga yaqin bo’lganligi va ota-onam boshqa ko’chganliklari uchun meni buvimnikida qoldirishgan. Men kichkina edim va maktabga bir o’zim bora olmasdim. Shu sababli, 4-5-sinflarni ularnikida yashab bitirdim. Mening tarbiyamga, maktab bergan uy vazifalarimni qilishimga hamda uy ishlarini o’rganishimga juda katta ahamiyat berar edilar. U paytlar bu mening jig’imga tegardi, ularni o’ta qattiqqo’l, deb hisoblardim. Lekin hozir ularning maslahatlari va menga bergan yaxshi tarbiyalari uchun ulardan minnatdorman. Ulardan jahlim chiqsa, ular buni darrov sezib, o’z hayotlaridan biror hikoya aytib berishga tushardilar. Bu hikoyalar men uchun ertak kabi edi: „9 yoshimdan boshlab ishlaganman, bolam, ammo uyda emas, dalada. Urush boshlanganida men 8 yoshda edim, jiyanlarimga qarashim kerak edi, chunki ularning onasi ham dalada ishlar edi. Barcha yig’ib olingan hosil front uchun olib qo’yilar edi. Mening umuman ko’ylagim yo’q edi, juda qattiq va noqulay qop kiyib yurardim. 11 yoshligimda ariq qazgandik, chunki yangi dalalarga suv kerak edi. Bir kunda bir burda non yeya olsak hursand bo’lar edik. Ko’pchilik ochlikdan halok bo’ldi. Mening onam biz och qolmasligimiz uchun tibbiy matodan ro’molcha tikib sotar edilar. Hosil paytida meva va sabzavotlarni sevib iste’mol qilar edik. Men maktabga bora olmasdim va bu mening armonim edi. Mustaqil ravishda o’qish va yozishni o’rganganman. Bizning bolaligimiz bo’lmagan. Urush tugaganiga ancha bo’lgan bo’lsa-da, uning qayg’usi hanuz har bir oilada. Har bir inson o’sha paytlari o’lim haqidagi qora xatlar tufayli qo’rquv xis qilgan. Men otamni juda yaxshi eslamayman, 3 yoshdaligimda uni „xalq dushmani“ sifatida qo’lga olishdi, uning qabri qayerdaligini hatto bilmasdik, onam tez-tez yashirin yig’lab olardi. O’shanda o’ylagandim, qani endi otam hech bo’lmasa urushda bo’lsa va bizga xatlar yozib tursa… 1994-yilga keliboq sening buvang, ya’ni mening o’g’lim otam Ulluxo’ja Vasilxo’ja og’lining boshqa otilganlar bilan Murmanskda ko’milganligini aniqladi (bu yerda katta buvim yig’lab yubordilar). Hozir eng baxtli zamonda yashayapsizlar, nima xohlasangiz – hammasi muntazir. Shuning uchun hamma narsani qadriga yetishingiz kerak“. Lekin ular hayotdan voz kechgan va hafa emas. Mening sevimli katta buvim Sharifajon Babajanova 1950-yilda katta buvam Sodikjon Sabirov bilan turmush qurdilar, ularning 5 nafar farzandlari va ko’plab nabira-chevaralari bor. Men ularga uzoq, sog‘ va tinch, baxtli umr tilayman. Yaqinda men maktabni tugatib, universitetga kirish imtihonlari topshiraman, men nemis tili o’qituvchisi bo’lmoqchiman. Imtihondan oldin albatta katta buvimning oldilariga borib, ularning duolarini olaman, ilohim ular sog‘ va uzoq umr ko’rsinlar!“
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836950223012924
 

3. Jonibekova Sevinchoy, Urganch shahri 19-sonli PASCH-maktabining o‘quvchisi 
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati


„Mening bobom, otamning otasi 7-yanvar 1939-yilda Qo’shko’pir tumanining Toshkent qishlog’ida tug’ilgan, ularning ismi Vafoboy. Ular juda samimiy va hushchaqchaqlar, Ular o’z yoshlaridan ancha katta ko’rinadilar. Lekin biz ularning oldida past ovozda gaplashamiz, ular uydaligida uy ichida shovqin o’yinlar o’ynamaymiz. Bobom buni bizga ta’qiqlaydilar, chunki ularning asablari charchagan va o’zlari bilmagan holda bizga baqirib, bizni hafa qilishlari mumkin. Bir kuni bobom va buvimni ko’rsihga kelganimizda eshik orqasidanoq ularning baland ovozlarini eshitdik – ular asabiylashib, kichik amakimning baland ovozda musiqa eshitgani va unga quloq qolmagani uchun urishayotgan edilar.
Biz bobomning nimaga bu ahvolga tushganliklarini buvimdan so’rashga qaror qildik. Buvim juda ayanchli voqeani aytib berdilar. Bobom 2 yoshligida ularning otalari urushga ketibdi. Bobomning onasi 3 nafar farzandi bilan ko’maksiz qolib ketgan. 1943-yili katta buvimning 16 yoshli qizi turmushga chiqqanidan so’ng kichik farzandlar bilan ishlash undan ham qiyin bo’libdi. Kichik bolalar uyda yolg’iz qolgan paytlarida uyda yong’in chiqibdi va butun uy vayrona bo’libdi. Undan keyin oila uysiz ham qolibdi. Bobomning onasining qarindoshlari uzoqda, boshqa shaharda yashashar ekan va kimdir onaga u yerda ko’p pul topish mumkinligini aytibdi, shunda bechora ona 4 va 6 yoshli bolalarini qiziga tashlab pul topish uchun jo’nab ketibdi. Turmush qurgan va qaynona-qaynotasi bilan birga yashagan Yoqutjon ukalariga qarashga umuman vaqt topa olmay, ularni og’ir ishlardan himoya qila olmabdi. Vafoboy ertalablari soat 4:00da turib qishloq chashmasida uzoq navbatda qolib ketmaslik uchun 20 chelak suv tashir ekan. Undan keyin ikki aka-uka qo’ylarni o’tlatib, kuni bo’yi ularga qarashlari kerak ekan. Tushlik payti ularga ovqat olib keladigan opalari ko’p kunlari umuman kelmas ekan, kechki ovqat paytida ham aka-ukalar yetarlicha ovqat yemaganlar, chunki uyning xo’jayini – opalarining qaynotalaridan qattiq qo’rqar ekanlar. Charchagan, yoshli ko’zlar bilan bolalar uxlab qolishardi. Vafoboyni faqat bir narsa oyoqda tutardi – u bilan kun bo’yi suhbatlashadigan, onasini eslaydigan, qo’ylar orasida ozgina berkinmachoq o‘ynaydigan ukasi Safoboy bor edi. Ammo kuni kelib u bu baxtni ham yo’qotdi – uning ukasi qochib ketdi! Uni hech qayerdan topib bo’lmadi! Vafoboy ancha o’ylab, ukasini bolalar uyiga ketgan, deb o’yladi. U 2-3 marta ota-onasiz qolgan do’stlarining u yerga olib borilganligini va u yerda yaxshi yashashlarini, o’qishlarini aytgan edi. U opasidan ularni bolalar uyiga berishini iltimos qilganida, opasi „Onam qaytib kelsa, men ularga nima deyman, men sizlarni qayerdan topaman?“ deb yig’laganidan so’ng ukasi unga bu haqida so’z ochmagan edi. Endi Vafoboy nima qiladi? U o’z fikrini opasiga aytib, ukasining oldiga borish istagini bildirdi. „Aslo! Sen ham ketsang, men onamga nima deb javob bera olaman? Safoni topib bo’lmaydi, bu bolalar uyi boshqa shaharda axir! Agar sen meni va onamni yaxshi ko’rsang, shu yerda qolasan. Sen bilmagan narsalar bor. Otamiz halok bo’ldi…“ Bola dahshatga tushib qoldi. Shunday qilib, keyin ham u bu yerda qoldi. Urush yakunlandi! Hamma hursand edi, u ham, balki otasi halok bo’lmagandir, balki onasi qaytib kelar? 7 yoshida u maktabga ham bora olmadi, chunki u endi bir o’zi qo’ylarga qarashi kerak edi. Endi hech kim bilan o’ynay olmasdi, kim bilan ham o’ynardi? Kim bilan gaplashardi? Opasi ikki farzandli bo’ldi va ukasi borligi esidan ham chiqib ketdi. 8 yil o’tib ularning onasi qaytib keldi. U yo’lda hastalanib, uyga xushsiz qaytdi. Yaxshi insonlar unga yordam berdi, uning qayta kuch-quvvat to’plagunicha bir muncha vaqt o’tdi. Bola juda hursand edi, o’zini yettinchi osmonda sezdi, axir onasi endi shu yerda! Endi ular birga yashashadi, u ko’p ishlaydi va o’z uylarini quradi, onasi ikkalasiga ovqat qiladi va u qiyinchiliklarsiz va nafratga to’la nigohlarsiz ovqatlana oladi! Uning bu orzulari onasi unga yordam bergan kishiga turmushga chiqqanida chippakka chiqdi. Onasi u odam bilan birga yashar edi. Vafoboy esa o’gay otasining uyiga bormadi, chunki yangi og’riqlarni boshdan kechirgisi kelmadi, 18 yoshga kirib, armiyaga ketguniga qadar qo’ylarni boqib, o’sha yerda o’tov qurib yashadi. Armiyadagi xizmatidan so’ng u Urganch shahrida stolyar bo’lib ishlay boshladi, turmush qurdi, birinchi turmush o’rtog’i bilan 9 yil yashadi, lekin ularning farzandi bo’lmadi. Undan so’ng u xotini roziligi bilan uyini tark etdi va qarindoshlari yordamida homilador bo’lgan bir yosh beva ayol bilan – mening buvim bilan tanishdi. Buvim va buvam uzoq qarindosh edilar. Buvam yangi oilasi uchun uy sotib olib, begonaga bolaga o’z ismlarini berdilar va yana 7 nafar farzandli bo’ldilar. Otam tarafidan mening 4 amakim va 3 nafar ammam bor. O’gay otasi vafot etganidan so’ng Vafoboy o’z onasini ham oldiga olib keldi, militsiyada ishlayotgan ukasi Safoboyni ham topdi. Aka-ukalarning oilalari yaxshi bordi-keldi qilib, bir-birlariga qarashar edilar. Ammo bobom hasta edi. Agar biror shovqin yoki yoqimsiz ovoz eshitsalar, bunga asablari chidamaydi. Bu urush tufayli nafaqat oilasini, balki bolaligini yo‘qotgan buvamning qisqa hikoyasi edi.“
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836950476346232


4. Jasurbek Olimov, Farg’ona shahri „Yormozor“ PASCH-litseyi o‘quvchisi
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

Jasurbek Olimov o’z do’sti Shohruxdan uning katta buvasi haqida intervyu oldi:
-"Mening katta buvam Pulatov Ibrohim Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. 1942-yilda urushga ketdilar. Lekin qaysi shaharda jang qilganliklarini men bilmayman. Katta buvam urushdaligida 1943-yilda buvam Mo’ydinjon dunyoga keldi. Kichik Mo’ydinjon tug’ilganida Ibrohim o’z o’g’lini ko’ra olmadi, chunki u boshqa yerda Vatanini himoya qilayotgan edi. 1944-yilda u qaytib keldi, chunki qo’lidan o’q yegan edi. Bu insonni men hech qachon ko’rmagan bo’lsam-da, ular bilan juda faxrlanaman. Bu inson haqida men onamlardan va buvamlardan eshitdim“.
-„Katta rahmat, Shohrux, sen bilan gaplashganimdan hursandman. Oxirida biror narsa demoqchimisan?“
-„Ikkinchi jahon urushi haqida o’ylaganimda mening yig’lagim keladi. Albatta, u vaqtlarda yashamayapman, lekin buni xis qilaman va urush ko’z oldimga keladi. Urush bizga nima qoldirganini bilaman, shuning uchun urushlar bo’lishini xohlamayman. Dunyoda tinchlik bo’lsa dunyo ham go’zal bo’ladi.“
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836950736346206


5. Obidjon Farg’ona shahri „Yormozor“ PASCH-litseyi o‘quvchisi 
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

"1940-yil 12-martda sovet-fin urushi boshlandi. Bizning hamshaharimiz Mo’ydinov Umarali ham unda ishtirok etdi. U 1906-yil 6-mayda Farg’ona viloyati Qumtepa tumanida tug’ilib, 17 yoshidan beri kollektiv xo’jalik ximik bo’lib ishladi. 1942-yilda u Belarus urushida qatnashdi. Bir yildan so’ngra u urushda ishtirokini serjant sifatida Ukrainada davom ettirdi. 1945-yilda urush tugaganidan so’ng u sog‘-omon oilasi bag’riga qaytdi“. 
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836951396346140


6. Geldiyorova Ma'mura , Qarshi shahridagi PASCH-litseyi o‘quvchisi
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

"Mening ismim Geldiyorova Ma’mura, 16 yoshdaman, Qarshidagi PASCH-litseyida tahsil olaman. Kecha men 1921-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Ushoqtepa qishlog‘ida tug’ilgan Donayev Usmondan intervyu oldim:
Ikkinchi jahon urushida qatnashganingizda necha yoshda edingiz?
Men u paytlarda 19 yoshda edim. Urush juda dahshatli edi, hamma joyda yaralangan va o’lgan odamlarni ko’rish mumkin edi. Hamisha bombalarning ovozini eshitish mumkin edi. Biz nafaqat o’z xalqimizning, balki barcha xalqlarning tinchligi uchun kurashgan edik.
Qachon uyga qaytdingiz?
1943-yilda chap oyog’imdan yaralanganim uchun urushdan ketishim kerak edi.
Biz yoshlarga bugun nima deya olasiz?
Bu zamonni, bugungi kunni oltindan ham ko’proq qadrlash kerak, chunki ko’p insonlar bor kuchlarini urushda qatnashganda sarflaganlar, ulardan millionlab insonlar bugungi avlod baxtli yashasin, deb shahid bo’lganlar Bolalarim, ko’p va yaxshi o’qinglar, sizlar kelajakni bizdanda yaxshiroq qila olasiz, deb Vatan umid qiladi.
Qiziqarli suhbat uchun katta rahmat.P.S.: Urush qahramoni ayni paytda 99 yoshda.“ 
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836952059679407


7. Mahira Muratova, JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi nemis tili o’qituvchisi o’z otasi haqida
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

„Saidov Sharif Saidovich 1912-yilda tavallud topgan. 1941-1945-yillari sovet armiyasida harbiy shifokor bo’lib hizmat qilgan va Berlingacha borgan. Ko’plab insonlarning hayotini qutqargan. Orden va medallar bilan taqdirlangan. 1982-yilda vafot etgan.“
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836952416346038


8. Kamol Abdulloev, Dushanbe shahri (Tojikiston) 28-sonli PASCH-maktabi o‘quvchisi
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

"Xolmahmad Boboqulov 1923-yilning 1-iyulida Tojikiston Respublikasining Tursunzoda shahrida tug’ildi. 1941-yil oktyabrda Regar RVK tomonidan xizmatga chaqirildi. 1941-yilning oktyabridan 1945-yilning iyun oyiga qadar 3-Belarus frontining 143 o’qchi korpusida jasorat bilan xizmat qildi. 1943-yilda partizanlar bilan birgalikda yuzdan ortiq asirlarni qutqardi. So’ngra Belarusning Mogilyov, Minsk va Brest shaharlarida hamda Ukrainada xizmat qildi. 1945-yilda Polshaning avvalgi poytaxti – Krakov shahrini ozod qilishda ishtirok etdi. Urushdan so’ng o’z shahriga qaytib keldi. Bizga urush qanday qo’rqinchli va shavqatsiz bo’lgani haqida gapirib berardi. Bu bilan birga hozirgi hayotimizni qadrlashimiz kerakligini o’rgatdi. 2012-yil 10-yanvarda 89 yoshida vafot etdi“.
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836953006345979


9. Tuychibaeva Manizha, Xo‘jand shahri (Tojikiston) 15-sonli PASCH-maktabi o‘quvchisi katta buvasi haqida
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

"Taxirov Abduvohid 1922-yilning 1-yanvarida tug’ilgan, Ikkinchi jahon urushining ishtirokchisi va qahramoni, ko’plab mukofot va medallar sohibi. 19 yoshida urushga ketib, g’alabaga qadar Berlingacha yetib borgan. Urush haqida gapirishni yoqtirmas edilar, chunki urushda ko’plab do’stlari va yo’ldoshlarini yo’qotgandilar. O’zlari ham bir necha marta o’q yaralari olganlar. Bizga o’q teshib o’tgan barmoqlarini ko’rsatgandilar. Urush haqida gap ketganda va biz qahramonliklari, do’stlari va yo’ldoshlari haqida gapirib berishlarini so’raganimizda, ular chuqur o’yga tolib, kunlab hech kim bilan gaplashmas edilar. Ayrimlari ularning ko’zlarida yosh ko’rar edik“. 
Facebook sahifasi uchun havola: https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836952849679328


10. Haydarov Mehrodj, Xo‘jand shahri (Tojikiston) 15-sonli PASCH-maktabi o’quvchisi o’z katta buvasi haqida 
Markaziy Osiyoda xotira madaniyati

„Gafurov Bobodjan 1920-yilda tug’ilgan, oyi kuni va tug’ilgan joyi noma’lum. Ikkinchi jahon urushida 5 yil davomida qatnashgan. G’alabadan so’ng uyga qaytganidan keyin oyog’idagi gangrena tufayli vafot etgan…“ 
Facebook sahifasi uchun havola:
https://www.facebook.com/PASCH-Goethe-Institut-Usbekistan-436183159756331/photos/pcb.3836953243012622/3836952749679338