PASCH uyda qolyapti – O’zbekistonda karantin

Qisqa videomurojaatlarda o'zbek maktablari o'quvchilari-PASCH bizga qanday qilib o'z vaqtlarini maktabda, do'stlarsiz va bo’sh vaqtni o’tkazishni aytib berishadi.
O'rinboy Xajitbayev o'z videolavhasida bir nechta fokuslarni namoyish etadi, ularni keyin Urganchdagi litseyida mamnuniyat bilan namoyish etadi.
Durdona Nabiyeva Samarqand shahridagi PASCH-litseyining ikkinchi kursida o'qiydi va hozirda o'z vaqtini kasbga yo’naltirish uchun intensiv ravishda sarflamoqda.
Toshkent shahridagi JIDU-litseyidan Mansurxo'ja Abduraxmonov sinfdoshlari uchun "Men karantinda nemis tilini qanday o'rganaman ..." nomli komiks yaratdi.
Qarshi shahrilik litsey o'quvchisi Asliddin Oromov sinfdoshlari uchun videoni suratga oladi, unda koronavirusga qarshi kurashda eng muhim qoidalaridan yani gigiena va masofaning saqlash qoidalarini tushuntiradi.
Urganch shahridagi 19-maktab o'quvchisi Ulug'bek Yo'ldoshev uyda aqli va tanasini saqlab qolish uchun ko'plab sport turlari bilan shug'ullanadi, shaxmat o'ynaydi va uyda yordam berishni yaxshi ko'radi. U bu zerikishdan yaxshi vosita ekanligiga amin.
Bibixonim Matyoqubova Urganch shahridagi PASCH-maktabining 8-sinfida o'qiydi va har kuni onlayn darslarda qatnashadi. Zerikmasligi uchun kichkina jiyanlariga o'zi dars beradi. Karantin paytida u o'zining sevimli mashg'ulotlariga- tikish va to'qish ko'proq vaqt ajratdi.
Yulduz Zaripova Urganch shahridagi 19-sonli PASCH-maktabining 5-sinf o'quvchisi va o'z videolavhasida bizga grammatika uning uchun qanday rol o'ynashini tushuntiradi.
Mubina Abdulazizova Andijondagi 23-sonli PASCH-maktabining 9-sinf o'quvchisi bo'lib, qiroatni kashf etgan. O'zining video xabarida u J.W. Gyotening "Meeresstille" she'rini o'qib berdi. Uning sinfdoshi Zarnigor Toshmatova Geynrix Geynening "Die Lorelei" qo'shig'ini yoddan o'rgangan.
Bizning eng yosh o‘quvchimiz Nurbek Kurolboyev 19-sonli maktabning birinchi sinfiga boradi, onlayn darslarda qatnashadi va ota-onalar bilan muloqotda bo'ladi.
PASCH- o’quvchilarning barcha video xabarlarini bizning Facebook sahifamizda topishiz mumkin.