Birdamlik aksiyasi

1-may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida suv to’g’oni vayron bo’lganligi sababli 12 qishloq talofat ko’rdi. 90.000 nafarga yaqin kishi evakuatsiya qilindi, ularning orasida ko’p bolalar va yoshlar bor edi.
PASCH birdamligini bildirib, Sardobadagi bolalar va yoshlar uchun niqoblar tikadi.
Bizning Facebook sahifamizda ikki nemis tili o’qituvchimiz tayyorlagan va uyda turib qanday qilib mustaqil ravishda niqoblar tikish mumkinligi ko’rsatilgan videolarni joylashtirdik: https://www.facebook.com/436183159756331/videos/905427676529361
Huddi shunday qilib Siz ham Sardobadagi tengdoshlaringizni Covid-19ga qarshi kurashda qo’llab-quvvatlashingiz mumkin!