Cornelsen va Klett nashriyotlarining nemis o'qituvchilari uchun raqamli malaka oshirish kurslari

Cornelsen va Klett nashriyotlarining nemis o'qituvchilari uchun raqamli malaka oshirish kurslari
© Goethe-Institut

Ikki o'quv seminar seriyada ishtirokchilar elektron kitoblarni onlayn va offlayn darsga qanday kiritishni, darslarini turli xil dastur va vositalar bilan boyitishni o'rganadilar.
 
Jennifer Svand xonim boshchiligidagi Klett naschriyotidan 10-ta dars davomida o'tkazilgan raqamli treningda ishtirokchilar quyidagilarni bilib olishdi:

  • raqamli ta'lim imkoniyatlari;
  • onlayn darslarda Der Grüne Maks va Genialklick elektron kitoblarni joriy etish;
  • onlayn darslarni yanada ijodiy va interaktiv qilishni imkoniyatlari;
  • har xil sinflar uchun aralash darslarni qanday tayyorlash kerakligi.
Martina Bartuch xonim boshchiligidagi Cornelsen nashriyotidan 10-ta dars davomida o'tkazilgan raqamli treningda ishtirokchilar quyidagilarni bilib olishdi:
  • chet tilini o'qitishning asosiy tamoyillari;
  • amaldagi kitoblardan namunalar asosida kompetentlik va vazifalarga e'tibor qaratish;
  • sinfda va onlayn o'qitishda ichki farqlash turlari va misollari;
  • aniq fanlarning mazmuni nemis tili chet tili sifatida darslariga qanday kiritilishi mumkinligi.