Jamoat muhitida san'at bo'yicha onlayn seminar: Graffiti bugun va ertaga

Jamoat muhitida san'at bo'yicha onlayn seminar: Graffiti bugun va ertaga
© Privat

​O'zbekiston va Tojikistondagi PASCH-o’quvchilari Qozog'istonning raqamli PASCH-seminarida qatnashdilar va graffiti dunyosiga sho'ng'ishdi.
 
Joriy yilning may oyida bir hafta davomida seminar ishtirokchilari graffitidan o'zini ifoda etish vositasi sifatida va ijodiy sohada dizayn, kompyuter o'yinlarini rivojlantirish, moda sanoati va boshqalar kabi foydalanish imkoniyatlarini o'rganishdi. Graffiti dunyosi uzoq vaqtdan beri yoshlarning submadaniyati bo'libgina qolmay,  ularga o'z faoliyatini boshlashlariga imkon beradigan ko‘nikmaga aylangan.
 
PASCH-o’quvchilari graffiti madaniyatining qonuniylik, rassomlarning o'zaro aloqasi va ular ishlayotgan shahar hamda atrof-muhitga hurmat kabi muhim jihatlari bilan tanishdilar.
 
Raqamli seminarda Toshkentdan ikki nafar, Xo'jand va Dushanbe shaharlaridan bittadan o’quvchi qatnashdi. Biz ishtirokchilar taassurotlari va ularning graffitlarini siz bilan baham ko'rishdan xursandmiz.
 
«Grafiti loyihasi menga juda yoqdi. Uning yordamida devorlarga rasm chizishni o'rgandim. Bu ajoyib o'qituvchilar ishtirokidagi juda qiziqarli loyiha edi. Men ushbu loyihada ishtirok etishni davom ettirishdan juda xursand bo'lar edim ”- Mirzopulod Umariy, PASCH-maktab, №15, Xo'jand, Tojikiston.

Jamoat muhitida san'at bo'yicha onlayn seminar: Graffiti bugun va ertaga 1
© Privat
 
Jamoat muhitida san'at bo'yicha onlayn seminar: Graffiti bugun va ertaga 3
© Privat
 
Jamoat muhitida san'at bo'yicha onlayn seminar: Graffiti bugun va ertaga 2
© Privat