Follow-up seminari «Barqaror moda fokusda»

Follow-up seminari «Barqaror moda fokusda»
© Goethe-Institut Usbekistan

Sharqiy Evropa, Markaziy Osiyodagi PASCH-o’quvchilarining va Germaniyadagi o'quvchilarning fikr almashishi.

O'tgan yilgi onlayn seminarning mazmuniga asoslanib, shu yil mart oyida O'zbekiston, Tojikiston va Ukrainadagi PASCH-o’quvchilari onlayn tarzda uchrashdilar va Germaniyadagi tengdoshlari bilan to'qimachilik sanoatidagi global munosabatlar to'g'risida ma'lumot almashdilar, to'qimachilikni yanada barqaror qilish uchun global va mahalliy miqyosda qanday innovatsion yondashuvlar va loyiha g'oyalarini amalga oshirish mumkinligini muhokama qildilar.

 
Ayyubbek Qulbekov UWED PASCH-litsey o'quvchisi seminardan taassurotlarini aytib berdi:
“Loyiha davomida men yangi odamlar bilan tanishdim va ko'p narsalarni o'rgandim. Iste'molni yanada barqaror qilish bo'yicha juda qimmatli tajriba edi. Men ushbu loyihada ishtirok etganimdan juda xursand edim va bundan keyin ham mamnuniyat bilan ishtirok etmoqchi bo’lardim !!! "