Xo'jand shahrining 15-sonli Pasch-maktabdagi yozgi Eko-maktabi
Mening ismim Xojiboyeva Mavsuma, men Xo'jand shahridagi 15-sonli PASCH-maktabining 10-sinf o'quvchisiman. Bu yil men 10-sinfni tugatdim. Men har doim yozgi ta'tilni orziqib kutaman, chunki yozda yozgi maktab tashkil qilinadi. Va bu safar ham shunday edi. Bu yozdagi eng yaxshi voqeadir. Bu yil, har doimgidek, qiziqarli o'tdi. Tabosharga sayohat va nemislar qurgan uylar menda katta taassurot qoldirdi. Men u yerda devor qulaganidan keyin tashlab qo'yilgan ko'plab bo'sh turar-joy binolarini ko'rdim. Bu juda achinarli holatdir. Bog'da biz birga ovqatlandik, keyin o'ynadik va haligacha ishlayotgan attraksionlarga bordik. Keyin biz hamma axlatni yig'ib oldik. Biz uchrashgan odamlar juda do'stona edilar.
Bir kuni daryo bo'yiga sayrga bordik, ob-havo yaxshi edi, lekin mening yaxshi kayfiyatimni daryo bo'yidagi axlat qoraytirdi, plastik idishlar va hatto moshina shinalari bu yerda va u yerda sochilib yotudi, ammo safarimiz qiziqarli edi. Biz juda ko'p go'zal joylarni suratga oldik. O'ylaymanki, men shu yerda tug'ilgan va katta bo’lgan bo’lsam ham, shaharda men ilgari ko’rmagan ko'p narsalar bor ekan. Bu unutilmas tajriba edi. Loyihamizning asosiy maqsadi atrof -muhitni muhofaza qilish edi, lekin biz muzeyga tashrif buyurganimizdan so'ng, men ajoyib So’zana (kashta tikilgan devor gilamlari) ko'rdim, ular juda qadimiy, boshqa eski narsalar ham bor edi, va men birdan o'zimni boshqa bir davrga tushib qolganday his qildim...
Yozgi maktabdagi eng zo’r kuni biz haltalarni bo'yagan kuni edi. Biz kundalik hayotimizda uchraydigan meva, sabzavotlar va o’simliklar yordamida tabiiy ranglar hosil qilib, ulardan amalda foydalanishga muvaffaq bo’ldik. Men buni o'zimda yanada rivojlantirishim kerak deb o'yladim. O'sha kuni biz juda chiroyli sumkalar tayyorladik. Va nihoyat, biz diskotekani ham tashkil qildik. Yozgi maktab juda zo’r edi, lekin tugagani achinarli.
Mening ismim Muhiba, men 16 yoshdaman, Xo'jand shahridagi 15-sonli PASCH-maktabda o'qiyman.
Har yili (o'tgan yildan tashqari) bizning maktabda ikki haftalik yozgi maktab o’tadi va men yozgi maktabda zavq bilan qatnashaman. Rostini aytsam, menga bu loyihalar juda yoqadi. Va bu safar ham o'ziga xos narsa bor edi. Har kuni bizda qiziqarli vazifalar bo’lib o’tdi: biz yozgi maktab ishtirokchilari bilan she'rlar yozgan, spektakllar qo'ygan va kulgili o'yinlar o'ynagan edik. Hamma o'qituvchilar juda mehribon edilar. Men yozgi maktabda shunday yaxshi vaqt o'tkazdimki, uyga ham qaytgim kelmas edi va nafaqat men, boshqalar ham, chunki bizning yozgi maktab topshiriqlari uy vazifalarga nisbatdan ancha qiziqroq edi.
Bizning jamoaviy ishimiz tufayli men yangi do'stlar orttirdim. Loyiha tabiatni asrashga qaratilgan edi. Biz eko-haltalar tikib, ularni organik bo'yoqlar bilan bo'yadik, masalan, lavlagi yoki tut sharbatiga. Bu men uchun yangilik edi. Undan oldin kiyimlarimda faqat oziq -ovqat dog'lari bo’lar edi. Tabosharga sayohat ham taassurot qoldirdi. Biz birga bo'lganimiz yaxshi edi, ammo ayni paytda achinarli ham bo'ldi. Taboshar- bu ko’plab nemislar yashab o’tgan shahar hisoblanadi, hozirda ularning ko’pchiligi Germaniyada istiqomat qilishmoqda. Faqatgina qabrlarning mavjudligi ular qachonlardir shu o’lkada yashaganliklari haqida dalolat berib turadi. Qabristonni ham ziyorat qildik. Nemislar qurilishida tosh ishlatilgan uylar ham ta'sirli edi. O'ylaymanki, loyiha barcha ishtirokchilar uchun juda muhim edi. Biz tabiatni muhofaza qilish borasida katta tajriba orttirdik va bizda undan ham ko'proq nemis tiliga qiziqish uyg‘ondi. Yozgi maktabni tashkil qilgan Gyote Instituti va o'qituvchilarimizga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Yozgi maktabning mavzusi atrof -muhitni muhofaza qilish edi. Asosiy e'tibor Sirdaryo va uning ifloslanishiga qaratildi. Shahar daryo bo'yida joylashgani uchun biz bu qayg'uli "hodisa" ga guvoh bo'lamiz. Ifloslanish daryo flora va faunasi va butun ekotizimning yo'q qilinishiga olib keladi. Ko'pincha daryo plastik bilan ifloslangan bo’ladi. Biz darsda bu haqida ko'p gaplashdik va o’quvchilar Lingo-MINT kitobchasidan suv, daraxtlar va hasharotlar haqidagi ba'zi matnlarni o'qishdi va muhokama qilishdi.
Darsda o'quvchilarning presslangan rezavor mevalar va sabzavotlardan tayyorlangan tabiiy bo'yoqlar bilan eko-haltalarni bo’yashdi, so'ngra bu haltalarni supermarketlar oldida, o'tish joylarida va ko'chada sotishdi. O'tayotgan piyodalarga nima uchun bunday qilish muhimligini tushuntirishdi. Ba'zilar uchun eko-haltalar sotish kulgili, boshqalari uchun esa qiyin edi. Shunga qaramay, bu unutilmas tajriba edi. Har kuni yangi narsa o’tar edi - sog'lom ovqatlanish, daryo bo'yida sayr qilish, Tabosharga sayohat- nemis millatiga mansub odamlar ko'p uylar qurgan sobiq obod shahar.
Biz darslarimizda Lingo mashq kitobidan tez -tez foydalanardik va biologiya o'qituvchisi bilan onlayn loyiha tashkil etdik. Biz PASCH-maktabi o'quvchilari bo'lgach Gyote Instituti tomonidan tashkil etilgan loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga egamiz. Gyote Instituti maktabni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi, nemis tilini o'rganishni qiziqarli qiladigan turli kitoblar va Vitamin.de va Lingo kabi jurnallar bilan ta'minlaydi. - Jamila Saburova, aloqachi, Xo'jand shahridagi 15-sonli PASCH-maktabining nemis tili o'qituvchisi.