Hayot yo'llari - PASCH videoloyihasi

Hayot yo'llari - Buxoro yahudiylarining nemis tilida gaplashadigan makoniga ko'chishi haqida video-loyiha
© Goethe-Institut e.V.

Film olish seminari PASCH-o‘quvchilariga Markaziy Osiyodan migratsiya mavzusini muhokama qilishga imkoniyatini beradi, ayniqsa, Vena shahriga hijrat qilgan buxoriy yahudiylarning ozchiligiga. Biz ko'p tilli bo'lish jihatidan muhojirlarni kasbiy tayyorlash usullari va imkoniyatlarini o'rganyapmiz. Seminar ishtirokchilari intervyuning turli usullarini va videotexnikadan to'g'ri va xavfsiz foydalanishni o'rganadilar.

Birinchi haftada PASCH-o’quvchilari buxoriy yahudiy suhbatdoshlarimiz bilan suratga olishga tayyorgarlik ko'rishdi. Buning uchun biz har kuni Zoom platformasida onlayn uchrashdik, u erda avstriyalik rejissyor Viktoriya Kaser bilan hujjatli filmlarni suratga olish va unga umumiy tayyorgarlik usullarini o'rganib chiqdik. Filmning birinchi sinov filmi ham birinchi haftada bo'lib o'tdi, uning davomida talabalar kichik guruhlarda suratga olish texnologiyasini o'rgandilar va ular bilan birinchi videotasvirlarini yozdilar.
 
Ikkinchi haftada seminar ishtirokchilari Vena shahriga hijrat qilgan yoki Vena muhojirlarining bolalari va nabiralari bo'lib ulg'aygan buxoriy yahudiylari bilan intervyu o'tkazdilar. Bundan tashqari, PASCH-o’quvchilari o'z shaharlarida buxoriy yahudiylari bilan uchrashdilar, ular Markaziy Osiyodagi yahudiylarning hayoti haqida gapirib berishdi.
 
So'nggi ikki seminar kunida biz to'plangan materialni birgalikda ko'rib chiqdik va montaj dasturi bilan tanishdik. Har bir guruh talabalari umumiy materialdan kichik videokliplarni kesib olishdi, shunda birinchi tahrirlash natijalarini oxirgi kuni ko'ra oldik. 
 
Onlayn premera oktyabr oyida taklif etilgan tomoshabinlar oldida bo'lib o'tadi. PASCH-filmi "Hayot yo'llari" nemis tili darslari uchun didaktika qilinadi va tez orada veb-saytida joylashtiriladi.