Nemis tili kurslariga o'qituvchilar uchun Pasch-Stipendiyalar

Nemis tili o’qituvchilari uchun Pasch-Stipendiyalar
© Goethe-Institut e.V.

PASCH-o'qituvchilarga Toshkentdagi Gyote Institutida va Dushanbe shahridagi til markazida onlayn va oflayn til kurslari uchun stipendiyalar berildi. Dushanbe shahridagi PASCH-o'qituvchilari A2-B1 til kurslarida, Toshkent shahridagi nemis tili o'qituvchilari esa B1-B2 daraja til kurslarida qatnashdilar.

Yoz boshlanishidan oldin PASCH O'zbekiston va Tojikistonda barcha yangi PASCH-o'qituvchilarining onlayn tasnifini boshladi va til kurslariga ehtiyoj borligini aniqladi. Natijada, beshta yosh PASCH-o'qituvchilari stipendiyalar bilan taqdirlandilar, ular bilimlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Kurs qatnashchilari Toshkentdagi Gyote-Institut onlayn-taklifi hamda Dushanbedagi til markazida oflayn kurslar o'zlarining tajribalari haqida gapirib berishadi.
“Kursda menga o'qitish metodikar yoqdi, chunki metodikalar orqali materiallarni turli uslubiy o'yinlar yordamida tushuntirishga imkon beradi. Kurs juda qiziqarli o'tdi ... " - Haitova Mavlyuda, PASCH o'qituvchi, maktab №28, Dushanbe shahri.

“Men til markazida nemis tili kursini o’tganimdan juda xursandman. Kurs juda qiziqarli o'tdi, biz turli xil vazifalarni bajardik. Ularga sheriklik va guruh ishi, loyihalar, o'qish, yozish, tinglash va so'zlash aspektlari kiradi. O'ylaymanki, men markazda yaxshi bilimga ega bo'ldim va nemis tilini o'rganishni davom ettirishni istardim " - Mirzoyev Abduvohid, PASCH-o'qituvchi, maktab №28, Dushanbe shahri.

“Men til markazidagi kursda qatnashdim. Darslar turli xil o'qitish usullarga boy edi, bu menga juda yoqdi. O'qituvchi sifatida men ishim uchun ko'p va juda foydali narsalarni o'rgandim. Toshkentdagi Gyote Institutiga (PASCH) yordam uchun katta rahmat. ” - Svetlana Dovnar, PASCH o'qituvchisi, 28-maktab, Dushanbe shahri.

"22-iyundan 17-iyulgacha men B2 superintensiv til kursida o'qidim. Darslar juda qiziqarli va jonli o'tdi. Menda hali ko'p narsalarni o'rganishim kerak degan taassurot paydo bo'ldi. Ushbu kurs yordamida men ko'p narsalarni o'rgandim. Biz yuqori tezlikda ishlaganimiz ham juda yoqdi. Biz turli mavzularni muhokama qildik. Suhbatdan so'ng ustozimiz bizni sovrinlar bilan taqdirladi. Menimcha, bu juda zo'r, chunki bu bizga ko'p motivatsiya berdi. Bu kursda men ajoyib va ​​foydali vaqt o’tkazdim. Menga shunday imkoniyat berilganidan juda xursandman va minnatdorman” - Ziyoda Abdusalomova, Toshkentdagi PASCH litseyining nemis tili o'qituvchisi.

“Men til kurslarida qatnashganimdan juda xursand bo'ldim. Kurs davomida men ko'p narsalarni o'rgandim va yangi o'qitish usullarine ham. Bu imkoniyat uchun Gyote Institutiga minnatdorchilikni bildiraman va keyingi kurslarda qatnashishdan juda xursand bo'lar edim” - Lobar Karimova, Toshkent shahridagi 112-sonli PASCH-maktabi nemis tili o'qituvchisi.

“Menga onlayn til kursi juda yoqdi. Men juda ko'p yangi so'zlarni o'rgandim, madaniyat, atrof -muhit va tabiat haqida ko'p narsalarni o'rgandim va turli mavzularni muhokama qildim. Ustozimiz Ortiqoy hamma savollarimizga javob berdi va xatolarimizni to’g’irladi. U bizga juda muloyim va mehribon edi. Darslar juda qiziqarli va ma'lumotga boy bo'lib o'tdi. O'quv platformasi juda interaktiv yaratilgan uchun, u bilan ishlash oson edi. ” - Gulnora Xodjaeva, Xiva shahridagi 9-sonli PASCH-maktabining nemis tili o'qituvchisi.

"Bu mukammal til kursi edi. Gyote Institutida muhit juda zo'r, o'qituvchilar juda yahshi! Menga, ayniqsa, 22-iyundan 16-iyulgacha bo'lib o’tgan til kursi yoqdi. Bu til kursida men ko'p narsani o'rgandim. Bu kursi til bilimimni oshirish va yangi tajriba orttirish uchun yaxshi imkoniyat edi. O'qituvchilar bizning qiziqishimizni qondirish uchun qo'lidan kelganini qildilar, bu meni juda xursand qildi. Bu imkoniyat uchun Gyote Institutiga katta rahmat! " - Ahmadshox Saidzakirov, Toshkentdagi PASCH-litseyining nemis tili o'qituvchisi.

«Avvalambor, menga berilgan imkoniyati uchun PASCHga minnatdorchilikni bildirmoqchiman. Men uchinchi marta onlayn til kursiga qatnashyapman. Men doim onlayn dars paytida va mashg'ulot platformasida ham aktiv faol bo'lishga harakat qildim. Men barcha topshiriqlarni katta qiziqish bilan bajardim. Yozish va talaffuz topshiriqlari menga juda yoqdi. Bu topshiriqlar yordamida men shu aspektlarda qobiliytlarimni chuqurtirishga muvaffiq bo’ldim. Onlayn mashg'ulotlar juda hayajonli va unutilmas bo'ldi. Vazifalar qiziqarli va xilma -xil edi. Biz guruhlarda ishladik va majlisda mavzularga muhokama qildik. Bundan tashqari, onlayn darslar juda yaxshi tashkil etilgan edi. Bu kurs yordamida men nutq qobiliyatimni oshirishga muvaffaq bo'ldim. Iloji bo'lganida, men qo'shimcha til kursini zavq bilan o'qishni xohlardim” - Abadan Tleumuratova, Nukus shahridagi PASCH-litseyining nemis tili o'qituvchisi.