Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Workshop mit Dr. Carina Geldhauser

Doktor Carina Geldhauser bilan mahorat darsi
© Goethe-Institut Usbekistan

6-8 aprel kunlari PASCH talabalari “Koinot. Kishi. Intellekt." nomli ko'rgazma doirasida Shvetsiyaning Lund universiteti professori, doktor Carina Geldhauser bilan “Koinot: sayyoralar, yulduzlar va galaktikalar, quyosh tizimlari va galaktikalarning shakllanishi, katta portlash, yulduz turkumlari” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsida ishtirok etishdi.

Seminarning birinchi kuni kosmik tadqiqotlar, ya'ni sayyoralar va yulduz turkumlari, qora tuynuklar va Kepler qonuniga bag'ishlandi. Ikkinchi kuni ular sun’iy intellekt va “Tezkor, chizing!” onlayn o‘yini bilan tanishishdi, unda neyron tarmoq odam nima chizganini taxmin qilishga harakat qiladi. Ishtirokchilar o‘yinning ma’lumotlar bazasidagi chizmalar, neyron tarmoq algoritmlari va turli mamlakatlarda raqamlar qanday yozilishini o‘rganishdi. Seminarning so‘nggi kunida talabalar uch guruhga bo‘linib, misol tariqasida qog‘oz stakan va markerlardan foydalangan holda neyron tarmoq algoritmlarining ishlashi bo‘yicha tajribalar o‘tkazdilar.

Mahorat darsi ishtirokchilari mustaqil ravishda fazoga oid savollarni (Qora tuynuk nima qiladi? Yadro sintezi nima?) tanlash va ularni professor Geldxauzer bilan plenar majlisda muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi. Yosh tadqiqotchilarni alohida qiziqtirgan masalalardan biri Germaniyada tahsil olish edi. Doktor Geldxauzer Germaniyadagi eng yaxshi universitetni qanday tanlash va qanday mezonlar (nemis tilini bilish, logistika, o‘quv jarayoni mazmuni va o‘qituvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlash) hisobga olinishi kerakligi haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Talabalarimizning loyiha haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashamiz:

“Umuman olganda, men astronomiya haqida juda koʻp yangi va qiziqarli narsalarni oʻrgandim, chunki ilgari bu fanga unchalik qiziqmaganman. Menga eng muhimi sun’iy intellekt mavzusi va uning qanday rivojlanayotgani yoqdi va eslab qoldi”
– Alloma Fayzullaeva, JIDU qoshidagi PASCH litseyi o‘quvchisi.

“Joriy yilning aprel oyida biz PASCH- talabalari bilan qiziqarli seminarda qatnashdik. Prof. Geldhauser xonim bilan birgalikda biz “Katta portlash, yulduzlar, oʻta yangi yulduzlar, pulsarlar va qora tuynuklarning hayoti va oʻlimi, fazo-vaqt” kabi mavzularni oʻrgandik. Seminarning birinchi va ikkinchi kunlarida Quyosh tutilishi, Oy, kometalar, astroidlar, yulduzlar, qora tuynuklar, Kepler qonunlari va ularning harakati haqida suhbatlashdik. Uchinchi kuni biz sun'iy intellektni ham amalda sinab ko'rdik. Aytishim mumkinki, menga eng ko'p sun'iy intellekt yoqdi. Ushbu seminar tufayli koinotga, uning mo‘jizalariga qiziqishim yanada ortdi. Bu uch kun juda ma’rifiy bo‘ldi va men Geldxauzer xonim va seminar tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman.”
– Dilshod Rustamova, Toshkent shahridagi 112-sonli PASCH maktabi o‘quvchisi.

  • Mahorat darsidan lavhalar © Goethe-Institut Usbekistan
  • Doktor Carina Geldhauser bilan mahorat darsidan lavhalar 2 © Goethe-Institut Usbekistan