Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

PASCH Teatri "Oila / Familie"

Nemis rejissyori va o'zbekistonlik 16 nafar maktab o'quvchilari birgalikda "Oila" mavzusida sahna ko´rinishini tayyorladilar va 30 oktabr kuni Toshkent shahrida namoyish etdilar.
 

Toshkentdagi „Maktablar: kelajak hamkorlari“ dasturiga kiritilgan 112-sonli maktabida bir haftalik teatr loyihasi boshlanishidan oldin 16 nafar ishtirokchi uy vazifasini bajarishi kerak edi. Har bir o´quvchi uydan o'zi uchun oila ramzi bo'lgan narsalarni olib kelishi kerak edi. Ushbu topshiriq maktab o'quvchilarining mavzuga qanchalik ijodiy va individual yondashishi mumkinligini ko'rsatdi, shuning uchun non, sport shimlari, televizor va boshqa ko'plab narsalar keyinchalik oktyabr oyi oxirida Malte K. Lachmann rahbarligida namoyish etilgan spektakl uchun asosiy rekvizitga aylandi. Ushbu mavzular turli yo'llar bilan qayta-qayta aytilgan va asar matni ishlab chiqilgan hikoyalarning asosini tashkil etdi.

Barcha ishtirokchilar teatr sahnasida ijro etish tajribasiga ega emas edilar, nemis tilida o'rganilgan matn bilan va uni chet el tomoshabinlari oldida taqdim etish, ko'pchilik uchun bunday tajriba mutlaqo yangi narsa edi. Ammo guruh tez orada juda g'ayratli bo'lib qoldi va intensiv mashg'ulotlar orqali tezda sezilarli yutuqlarga erishdi. Shaharga va (albatta) teatrga sayohatlar bilan dam olish uchun mo´ljallangan dastur har kuni ertalab "teatr – bu sport" shiori ostida maroqli dam olishni ta'minladi.
Loyihaning eng muhim voqeasi 30 oktabr kuni O'zbekiston davlat drama teatrida bir guruh tomoshabinlar oldida sahnalashtirilgan spektakl namoyish bo'ldi. Sahna davomida yosh aktyorlarning his tuyg´ulari va hayajonlarini sezish qiyinmas edi.
"Yangi do'stlarim va men teatr ustaxonasida qanday vaqt o'tkazganimizni hech qachon unutmayman. Spektakl kuni biz juda hayajonlandik. Malte bizga: "siz buni qila olasiz", dedi. Hamma yaxshi xotiralar bilan spektakl juda yaxshi o'tdi. Biz yana bir kun vaqtni shunday birga o'tkazishimizni juda xohlaymiz" – Abdumalik Murodov, Toshkent shahridagi 112-maktab.

Rejissyor Malte K. Lachmann ham loyihaning borishi va natijalaridan juda mamnun edi:
"Men yoshlarning nafaqat nemis tilini o'rganishi va gaplashishi, balki bizning mahorat darslarimizdagi nemis tili haqidagi bilimlaridan badiiy ish uchun foydalanishi ishtiyoqidan ilhomlanaman. Bir tomondan, men sahnada qisqa vaqt ichida ijro etishga muvaffaq bo'lingan tomoshadan mamnunman. Boshqa tomondan, Toshkentda bo'lganimdan so'ng, shunga o´xshash loyihalar Germaniya va O'zbekiston uchun ko´prik bo´lib, hayot haqiqatlarini yaxshiroq tushunishga olib kelishiga aminman".