Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Reynald Grebe bilan musiqa

Reinhard Grebe o'quvchilar bilan Gyote sahnasida
© Goethe-Institut Usbekistan

Gyote-Instituti taklifiga binoan taniqli nemis musiqachisi va estrada artisti Reynald Grebe O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurib, o‘n kunlik musiqiy ijodiy seminar o‘tkazdi.

Reynald Grebe sherigi Jens-Karsten Stoll bilan birgalikda Toshkentdagi 60-maktabda musiqiy mahorat darslarini o'tkazdi. Ishtirok uchun uch PASCH- va ZfA-maktablarining qo'shiq kuylashga qiziquvchi va cholg'u asboblarini chaladigan o'quvchilar taklif qilindi.

Reinhard Grebe mit Schüler*innen © Goethe-Institut Usbekistan Ular birgalikda kontsert dasturini tayyorladilar va Gyote-Institutining katta sahnasida namoyish qildilar. Dastur uch tildagi qo‘shiqlar, zamonaviy va nemis xalq qo‘shiqlaridan iborat bo‘lib, ishtirokchilar mahorat darsi davomida ularga mos ovoz va uslub izlab, qayta ishladilar.

“Har doim bo'lsin quyosh”, “Hayolim senda”, “Summ, summ, summ” va boshqa tanish qo'shiqlar tufayli konsert oqshomi yorqin va esda qolarli bo'ldi. Sahna ko‘rinishi, o‘zbek xitlaridan tortib nemis bolalar qo‘shiqlarining ijrosiga o'tishlar, talabalarning raqs chiqishlari va ijodiy muhit kelgan tomoshabinlarga zavq ulashdi.

  • Schüler tanzen © Goethe-Institut Usbekistan

  • Jens-Karsten Stoll spielt Klavier © Goethe-Institut Usbekistan

  • Schüler*innen bewegen sich tanzend durch den Raum © Goethe-Institut Usbekistan