Reynald Grebe bilan musiqa
Gyote-Instituti taklifiga binoan taniqli nemis musiqachisi va estrada artisti Reynald Grebe O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurib, o‘n kunlik musiqiy ijodiy seminar o‘tkazdi.
Reynald Grebe sherigi Jens-Karsten Stoll bilan birgalikda Toshkentdagi 60-maktabda musiqiy mahorat darslarini o'tkazdi. Ishtirok uchun uch PASCH- va ZfA-maktablarining qo'shiq kuylashga qiziquvchi va cholg'u asboblarini chaladigan o'quvchilar taklif qilindi.
Ular birgalikda kontsert dasturini tayyorladilar va Gyote-Institutining katta sahnasida namoyish qildilar. Dastur uch tildagi qo‘shiqlar, zamonaviy va nemis xalq qo‘shiqlaridan iborat bo‘lib, ishtirokchilar mahorat darsi davomida ularga mos ovoz va uslub izlab, qayta ishladilar.
“Har doim bo'lsin quyosh”, “Hayolim senda”, “Summ, summ, summ” va boshqa tanish qo'shiqlar tufayli konsert oqshomi yorqin va esda qolarli bo'ldi. Sahna ko‘rinishi, o‘zbek xitlaridan tortib nemis bolalar qo‘shiqlarining ijrosiga o'tishlar, talabalarning raqs chiqishlari va ijodiy muhit kelgan tomoshabinlarga zavq ulashdi.