DASTURDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
Gyote-Institutining "Germaniya oliygohlariga ko'prik" ta'lim dasturida ishtirok etish istagini bildirganlar quyidagi shartlar asosida qabul qilinadi:Ishtirokchi
- tanlovga ariza topshirish vaqtida umumiy o’rta ta'lim maktabining 11-sinfida yoki akademik litsey va kasb hunar kolledjining so’ngi bosqichida ta’lim olayotgan bo’lishi;
- nemis tilini kamida B2 darajada bilishi;
- Germaniya oliygohlarida o'qish uchun yuqori motivatsiyaga ega, maktab olimpiadalarida, musobaqalarda, mintaqaviy va mintaqalararo loyihalarda ishtirok etganligi to'g'risidagi tasdiqnomalarga ega;
- matematika, informatika va tabiy fanlardan maktabdagi baholari yuqori;
- ijtimoyi loyihalarda faol ishtirok etgan;
- ota-onasining dasturda ishtirok etish uchun yozma roziligiga ega (balog’at yoshiga yetmaganlar uchun),
- shuningdek, og’zaki suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan bo'lishi kerak.
DASTURNING NARXI VA TO'LOV SHARTLARI
Dastur narxi: 6.500.000,- so'm.Dastur narxi quyidagi xizmatlarni o'z ichiga oladi:
- Arizalarni ko'rib chiqish, ishtirokchilarni tanlov asosida saralab olish, dastur ishtirokchilariga muntazam maslahatlar berib borish, ularga kurslar davomida hamrohlik qilish va ularni qo'llab-quvvatlash, ishtirokchilar uchun axborot tadbirlari tashkil etish (shaxsan yoki onlayn), dastur yakunida natijalar aks etgan tasdiqnomalar tayyorlash;
- "Germaniya universitetida o'qishga tayyorgarlik ko'rish" moduli quyidagi kurslarni o'z ichiga olgan: Madaniyatlararo muloqot treningi; Matematika, informatika, fizika, biologiya, kimyo, muhandislik yoki iqtisodiyot fanlari bo'yicha predmet-til moduli; TestDaF imtihoniga tayyorgarlik kursi; "TestAS imtihon formati bilan tanishish" kursi.
- TestDaF va TestAS imtihonlarida ishtirok etish.
MUDDATLAR
Ariza qabul qilish muddati: 27.08.2023 - 27.09.2024Tanlov suxbati: 07.10.2023 - 11.10.2024
Tanlov natijalarini e’lon qilish: 14.10.2024
Dasturning boshlanishi va davom etishi: oktyabr 2024 yildan aprel 2024 yilgacha
DASTURNING QISQA TA'RIFI
"Germaniya oliygohlariga ko'prik" ta'lim dasturi quyidagi onlayn kurslarni o'z ichiga oladi:- "Fit für das Studium in Deutschland" madaniyatlararo muloqot treningi: 4 hafta (24 akademik soat)
- Matematika, informatika, fizika, biologiya, kimyo, muhandislik yoki iqtisod fanlari bo'yicha predmet - til moduli (bitta fan tanlanishi kerak): 4 hafta (40 akademik soat)
- TestDaF imtihoniga tayyorgarlik kursi: 4 hafta (20 akademik soat). Kurs 3 ta virtual yuzma-yuz mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi
- "TestAS imtihon formati bilan tanishish" kursi: 2 hafta (12 akademik soat)
ARIZA TOPSHIRISH UCHUN ZARURIY HUJJATLAR
- Gyote-Institutining B2 Sertifikati
- 10-sinfda yoki akademik litsey va kasb hunar kollejining birinchi bosqichida olingan baholar bo’yicha ma’lumotnoma
- fotosuratli jadval shaklidagi tarjimai hol
- motivatsion xat
- tabiiy fanlar bo'yicha maktab tanlovlarida, musobaqalarda, mintaqaviy va mintaqalararo loyihalarda yoki ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda (agar mavjud bo'lsa) ishtirok etganligi to’g’risida tasdiqnomalar;
- dasturda ishtirok etish uchun ota-onadan rozilik xati.
ARIZA SHAKLI
Quyidagi ariza shaklinito'ldirilgan holda 27.09.2024 gacha ushbu el.manzillarga yuborishingiz so'raladi:gayrat.khafizov@goethe.de / dildora.mukhammadaminova@goethe.de