Onlayn o'rganish A1-B1 uchun

Corona maxsus tarifi - 20% chegirma

kurs narxi 20%ga arzonlashtirilgan
 

Pog'onalar Kurslar sanasi Davomiyligi/
Narxi (chegirma bilan)
A1.1, A1.2, A2.1, A2.2, B1.1, B1.2 26.10. - 27.11.
25.11. - 29.12.

(intensiv)
5 hafta, 10 marotaba virtual uchrashuvlar,
Narxi: 1.200.000,- so'm
Haftada 2 marta
A1.1, A1.2, A2.1, A2.2, B1.1, B1.2 17.09. - 12.11.
(ekstensiv)
8 hafta, 10 marotaba virtual uchrashuvlar,
Narxi: 1.200.000,- so'm
Haftada 1 marta

Nemis tilini onlayn o'rganish - Sizga qulay vaqt va joyda hamda guruh sifatida!

Gyote institutning NEMIS TILI ONLAYN guruh kursi bilan Siz nemis tilini o'rganishni jadvalingizga moslashtiring va istalgan joydan turib o'rganing. Shunga qaramay, Siz yolg'iz emas, balki 10-14 kishidan iborat bo'lgan guruhlarda o'rganasiz. Sizni kundalik vaziyatlardan foydalangan holda chet tili bilan tanishtiramiz va nemis tilini turli usullar bilan o'rganasiz. Bizning o'qituvchilarimiz yuqori malakali, uslubiy va didaktik o'qitilgan bo'lib, Sizni bilim olishga ishtiyoqingizni oshirishadi.
Ishtirok uchun minimal yosh: 16 yosh.

  • Nemis TILI ONLAYN guruh kurslari quyidagi darajalarda taqdim etiladi: A1, A2 va B1. Ushbu kurs formatida Siz qisqa vaqt ichida kerakli o'quv yutuqlariga erishasiz.
  • Kurs davomida Sizni bitta yoki ikkita tutor nazorat qilib boradi, doimiy mulohazalar va individual o'quv maslahatlari yordamida Siz bilan muloqatda bo‘ladi. Bizning tutorlarimiz malakali o'qituvchilardir.
  • Siz interfaol o'quv dasturi bilan ishlaysiz. Professional mashqlar materiallari va so'nggi o'quv metodologiyasi asosida Siz nemis tilida o'qish, yozish, gapirish va tinglashni mashq qilasiz.
  • Siz kursingizdagi boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda Gyote institutning o'quv platformasida turli xil guruh vazifalar ustida ishlaysiz.
  • Siz o'qituvchingiz va o'quv guruhingizning boshqa ishtirokchilari bilan endi esa 10 virtual guruh sessiyalarda fikr almashishingiz va og'zaki so'zlashuv bilan shug'ullanishingiz mumkin.
  • Kurs davomiyligi 5 (intensiv) yoki 8 (ekstensiv) haftadan iborat bo’lib, Sizga A1.1, A1.2, A2.1, A2.2, B1.1 yoki B1.2 pog’onalarini muvaffaqiyatli o'rganish imkoniyatini beradi.
  • Til kursini tugatganingizdan so'ng, Siz Gyote instituti tomonidan kursda qatnashganingiz to’g’risida ma'lumotnoma olasiz.
Yotubedan video Deutsch Online

Kurs formati
  • Gyote institutining o'quv platformasida mustaqil ravishda til o’rganish. Kurs ishtirokchilari vazifalarni guruhlarda bajarishadi, lekin bir vaqtning o'zida onlayn bo'lishlari shart emas.
  • Endi esa 10 Zoomdagi virtual guruh sessiyalar mobaynida o’tilgan turli mavzular yanada chuqurlashtirish imkoni bo’ladi. Bu esa o’z o’rnida birinchi haftadan boshlab kurs ishtirokchilari va tutorlar o'rtasidagi og'zaki muloqotda tildan foydalanish uchun ideal imkoniyatdir. Sanalar kurs boshida tutorlar tomonidan belgilanadi.
Vazifalar bajarish hajmi
  • Har bir pastki darajadagi vazifalar bajarish hajmi taxminan 75 o'quv birligi to'g'ri keladi.
5 haftalik kurs (intensiv) haftasiga taxminan 13 o'quv birligi (Gyote institutining o'quv platformasida mustaqil ravishda til o’rganish) va 2 o'quv birligi har bir virtual guruh sessiyadan iborat.

8 haftalik kurs (ekstensiv) haftasiga taxminan 7 o'quv birligi (Gyote institutining o'quv platformasida mustaqil ravishda til o’rganish) va 2 o'quv birligi har bir virtual guruh sessiyadan iborat.
 
 
  • Mac, iPad, planshet, kompyuter yoki noutbuk
  • mikrofon bilan naushnik
  • barqaror internet aloqasi, WiFi bilan yetarli tarmoqli kengligi, asosan virtual yuzma-yuz seanslar uchun

pasport bo'yicha

bizning kurs ishtirokchilarimiz uchun

pasport bo'yicha

* talab qilinadi
When you send us the information contained in the contact form by clicking on the button below, you declare your consent for us to use your personal data for purposes of answering your enquiry and/or contacting you. You can revoke your consent by sending an e-mail message to olesya.melibaeva@goethe.de. If you revoke your consent, your data will be erased immediately. Otherwise, your data will be erased after we have processed your enquiry or if the purpose of storing it no longer exists.

Privacy Policy