Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tishTo'g'ri ikkinchi darajali navigatsiyaga o'tishTo'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Bog'lanish va kurslarga ro'yxatdan o'tish

Lächelnde Frau vor Laptop sitzend Goethe-Institut © Gettyimages

Istalgan nemis tili kursingizni tezda tanlab, onlayn ro`yxatdan o`tib to`lovni amalga oshiringiz mumkin.

GI Tashkent/Onlayn ro´yxatdan o´tish va to´lov


1. Kursni tanlash
 
- „Bog'lanish va kurslarga ro'yxatdan o'tish“ bo`limida  istalgan kursni tanlang. So`rovingizni osonlashtirish uchun, saytdagi filtrdan foydalaning. Quyidagi filtr usullari mavjud: o'rganish tezligi, kurs formati, dars turi, kursning boshlanishi yoki darajasi.

- "BUYURTMA" tugmachasini bosgandan so'ng Siz tanlangan kurs va to'lanadigan narx haqida ma'lumotni ko'rasiz.

- Agar Siz bizda hali kurslarda ishtirok etmagan bo`lsangiz va Sizda nemis tili kunikmalari bo`lsa „DARAJANI ANIQLASH TESTI“ tugmachasini bosing. Agar Siz birinchi darajadan boshlanmoqchi bo`lsangiz yoki tinglovchimiz bo`lsangiz, “DAVOM ETISH” tugmachasini bosing.

2. Shaxsiy ma`lumotlar
 
- Agar Siz "mein Goethe.de"da oldin ro`yxatdan o`tgan bo`lsangiz, ma`lumotlaringizni kiriting. Agar birinchi marta foydalanyotgan bo`lsangiz, “RO`YHATDAN O`TISH” tugmachasini bosing.
- Shaxsiy ma'lumotlaringizni tekshiring va " DAVOM ETISH " tugmasini bosing.
 
3. To´lov

- Agar Sizda chegirma uchun imtiyozlar bo`lsa, zukhra.nurullaeva@goethe.de emailiga murojaat qiling, imtiyozlar bo`lmasa, “DAVOM ETISH” tugmasini bosing
 
- Endi kurs uchun to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.
Quyidagi to'lov imkoniyatlari mavjud:
1. Master Card yoki Visa kartalari orqali to´lov
2. Bizning veb-saytimizda UzCard va HUMO kartalari yordamida yoki "Apelsin" ilovasi orqali (buning uchun hisob-faktura bilan to'lov usulini tanlashingiz kerak).
3.Firma orqali pul o`tkazish, bu borada zukhra.nurullaeva@goethe.de bilan bog'laning.

Til kurslarida joyni faqat to'liq to'lov amalga oshirilgandan so'ng band qilish imkoniyati tug'ilishini aytib o'tmoqchimiz.

Bekor qilish shartlari
  • Agar kurs boshlanish vaqtidan avval bekor qilinsa, 10% ma'muriy to'lovlar to'lanadi.
  • To'lovning 90 % qaytarib beriladi.
  • Kurs boshlanganidan so'ng to'lovni qaytib berish imkoni yo'q.
Kurslar va imtihonlar:  
Dushanba 10:00-12:00 va 14:00-16:00
Seshanba 10:00-12:00 va 14:00-16:00
Chorshanba konsultasiya o'tkazilmaydi
Payshanba 10:00-12:00 va 14:00-16:00
Juma 10:00-12:00 va 14:00-16:00

Agar sizda shaxsan kelish imkoningiz bo'lmasa, savollaringizga onlayn tarzda ham javob olishingiz mumkin. Har juma kuni biz onlayn tarzda kurslar bo'yicha barcha savollaringizga javob beramiz.

Vaqt: 15:00  
ZOOM uchrashuviga qirish
https://goethe-institut.zoom.us/j/84387116596
Meeting-ID: 843 8711 6596
   
Har juma:
2021 Yan. 2022 FEv. 2022 Mart 2022 Apr. 2022 May 2022 Iyun 2022
19.11.2021 07.01.2022 04.02.2022 04.03.2022 01.04.2022 06.05.2022 03.06.2022
26.11.2021 14.01.2022 11.02.2022 11.03.2022 08.04.2022 13.05.2022 10.06.2022
03.12.2021 21.01.2022 18.02.2022 18.03.2022 15.04.2022 20.05.2022 17.06.2022
10.12.2021 28.01.2022 25.02.2022 25.03.2022 22.04.2022 27.05.2022 24.06.2022
17.12.2021       29.04.2022    

Kontakt:
Zukhra Nurullaeva und Erkin Ismailov
zukhra.nurullaeva@goethe.de 
erkin.ismailov@goethe.de 

Tel. +998 78 1401470
 
Taklif qilinayotgan kurslar:

Kattalar uchun kurslar:
 1. An´anaviy formatida:
  • standart: yanvarda, aprelda va sentyabrda
  • intensiv: yanvarda, fevralda, aprelda, mayda, sentyabrda va oktyabrda
  • superintensiv: iyulda, avgustda va noyabrda
  2. Onlayn kurslari (standart va intensiv)
  3. Imtihonga tayyorlov kurslari
  4. Individual kurslar (so´rov bo´yicha)
  5. Tashkilotlar uchun kurslar (s´orov bo´yicha)

O´smirlar uchun kurslar:
 1. An´anaviy formatida:
  • standart: yanvarda, aprelda va sentyabrda
  • superintensiv: iyulda va avgustda
  2. Individual kurslar (so´rov bo´yicha)

   Bolalar uchun kurslar:
  1. An´anaviy formatida:
  • standart: yanvarda va sentyabrda
  • intensiv: iyunda
  2. ZOOM orqali:
  • standart: yanvarda va sentyabrda
  • intensiv: iyunda

1-chi trimester: yanvar - mart

2-chi trimester: aprel - iyun

Yozgi superintensiv kurslar 1: Iyun - iyul
Yozgi superintensiv kurslar 2: Avgust 

3-chi trimester: sentyabr - noyabr

Qishgi superintensiv kurslar: noyabr - dekabr

2021 yildagi bayram kunlari

1 yanvar, 8 mart, 21 mart, 05 april, 01 mai, 11 mai, 24 mai, 19 iyul, 1 sentyabr, 1 oktyabr, 08 dekabr, 25 dekabr (ushbu kunlarda Gyote institut yopiq bo'ladi va til kurslari tashkillashtirilmaydi)
 
  • Standart, intensiv, superintensiv an´anaviy formatida va ZOOM orqali (kattalar va o'smirlar uchun kurslar) - A1-B1 / 75 akademik soat - 1.870.000,- UZS
  • Standart, intensiv, superintensiv (kattalar va o'smirlar uchun kurslar)  - B2-C2 / 87 akademik soat - 2.100.000,- UZS
  • Onlayn kurslar - A1-B1 / 75 akademik soat - 1.500.000,- UZS
  • Onlayn kurslar - A1-B1 / 87 akademik soat - 1.750.000,- UZS
  • Bolalar uchun kurslar - A1-B1 / 48 akademik soat - 1.700.000,- UZS
Savollar uchun:
olesya.melibaeva@goethe.de
zukhra.nurullaeva@goethe.de

1. Kurs tinglovchilariga qo'yiladigan umumiy talablar

Gyote Institutining barcha tinglovchilari uchun ma'lum yosh chegaralari mavjud:

- kattalar kurslari uchun: kamida 16 yosh
- o’smirlar kurslari uchun: 13 dan 16 yoshgacha
- bolalar kurslari uchun: 8 dan 13 yoshgacha

2. To'lov shartlari

2.1. Faqat to'liq to'lov amalga oshirilgandan so'ng,  til kurslarida joy band qilingan hisoblanadi.
Quyidagi to'lov imkoniyatlari mavjud: sayt orqali, „Apelsin“ mobil ilovasi yordamida va  pul o`tkazish yo’li bilan.
2.2. Kursning toʻliq narxi oʻz vaqtida toʻlanmasa, tinglovchi kursdagi joyini yoʻqotadi. Toshkentdagi Gyote Instituti to’lov kechiktirilgan taqdirda, oldindan band qilingan joyni bekor qilishga haqli.

3. Kurslar narxi

3.1. Gyote Institutining rasmiy veb-saytida ko'rsatilgan narxlar ro'yxatdan o'tish vaqtida amal qiladi.

3.2. Kurs narxiga o'quv materiali qiymati  ham kiradi.

4. Kursni bekor qilish tartibi

Kurs boshlanishidan oldin bekor qilinganda, kurs uchun to'langan pul mablag‘i  10% ma'muriy to'lov undirilgan holda qaytarilishi mumkin. Agar tinglovchi kurs boshlanganidan keyin kursni bekor qilsa yoki darslarga kelmasa, kurs tugallangan hisoblanadi va kurs uchun to'langan pul mablag'i qaytarilmaydi, keyingi trimestrga ham o'tkazilmaydi.

5. Bosqichlar va guruhlar bo'yicha taqsimlash / Guruh hajmi

5.1. Gyote Institutida nemis tilidan bilimga ega  tinglovchilar uchun kursga ro’yxatdan o‘tish nemis tilini bilish darajasini aniqlash testi natijalariga ko'ra amalga oshiriladi.

5.2. Guruhlarimiz kamida 12, maksimal 16 nafargacha tinglovchilarni tashkil qiladi. Istisno hollarda, ma'muriyat qarori bilan bu miqdor ko’proq ham bo‘lishi mumkin. Agar kursga ro’yxatdan o’tgan tinglovchilar soni yetarlicha bo‘lmasa, ma'muriyat ushbu kursni bekor qilish huquqiga ega. Bunday holda, tinglovchilarga boshqa guruhda o'qish taklif etiladi (agar shunday imkoniyat bo’lsa) yoki to'lov to'liq qaytariladi. Afsuski, tinglovchilar soni minimal darajaga yetgan guruhlargina tashkil etiladi.

5.3. Tinglovchi birinchi marta kursni o'zgartirishni talab qilganda, (masalan, kunlar, vaqt yoki kurs turi) bu bepul amalga oshiriladi. Har bir keyingi o'zgartirish uchun kurs narxining 10% miqdorida ma'muriy to'lov undiriladi. Barcha o'zgarishlar faqat so'ralgan kurs bo'yicha bo‘sh joy mavjudligini hisobga olgan holda darslarning birinchi haftasida amalga oshirilishi mumkin.

6. Tinglovchilarning majburiyatlari

6.1. Tinglovchi Gyote Institutida va kurslarda amaldagi qoidalarga rioya qilishi shart.

6.2. Kursni tugatganligi haqidagi tasdiqnoma faqat darslarning kamida 70 foizida  muvaffaqiyatli ishtirok etgan taqdirda beriladi.

7. Gyote Institutining javobgarligi / Fors-major holatlari

Gyote Instituti va uning xodimlari tinglovchilarning qasddan noto'g'ri xatti-harakatlari va qo'pol beparvoligi holatlarida ko'rsatiladigan xizmatlar uchun javobgar emas. Gyote Instituti fors-major holatlarida (masalan, tabiiy ofatlar, yong'inlar, suv toshqini, urushlar, rasmiy buyruqlar va shartnoma bo'yicha sheriklarning nazorati ostida bo'lmagan boshqa holatlar) xizmatlar ko'rsatilmaganligi uchun javobgar emas.

8. Ma'lumotlarni himoya qilish

Tinglovchilar ro'yxatdan o'tish, hisob-kitob qilish va ma’lumotlarni saqlash tartibiga muvofiq, Gyote Institutiga o'zlarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradilar. Tinglovchilar shuningdek, Gyote Institutidan qo'shimcha ma'lumot olishga rozilik bildiradilar.