Umumiy ma'lumot
Istalgan nemis tili kursingizni tezda tanlab, onlayn ro`yxatdan o`tib to`lovni amalga oshiringiz mumkin.
To´lov shakli o´zgarganligini e´tiborga oling!
1. Kursni tanlash- „Bog'lanish va kurslarga ro'yxatdan o'tish“ bo`limida istalgan kursni tanlang. So`rovingizni osonlashtirish uchun, saytdagi filtrdan foydalaning. Quyidagi filtr usullari mavjud: o'rganish tezligi, kurs formati, dars turi, kursning boshlanishi yoki darajasi.
- "BUYURTMA" tugmachasini bosgandan so'ng Siz tanlangan kurs va to'lanadigan narx haqida ma'lumotni ko'rasiz.
- Agar Siz bizda hali kurslarda ishtirok etmagan bo`lsangiz va Sizda nemis tili kunikmalari bo`lsa „DARAJANI ANIQLASH TESTI“ tugmachasini bosing. Agar Siz birinchi darajadan boshlanmoqchi bo`lsangiz yoki tinglovchimiz bo`lsangiz, “DAVOM ETISH” tugmachasini bosing.
2. Shaxsiy ma`lumotlar
- Agar Siz "MeinGoethe.de"da oldin ro`yxatdan o`tgan bo`lsangiz, ma`lumotlaringizni kiriting. Agar birinchi marta foydalanyotgan bo`lsangiz, “RO`YHATDAN O`TISH” tugmachasini bosing.
- Shaxsiy ma'lumotlaringizni tekshiring va " DAVOM ETISH " tugmasini bosing.
3. To´lov
- Agar Sizda chegirma uchun imtiyozlar bo`lsa, zukhra.nurullaeva@goethe.de emailiga murojaat qiling, imtiyozlar bo`lmasa, “DAVOM ETISH” tugmasini bosing- Endi kurs uchun to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.
Quyidagi to'lov imkoniyatlari mavjud:
- Master Card yoki Visa kartalari orqali to´lov. Toʻlovni Master Card yoki Visa kartalari orqali 30 daqika ichida amalga oshirishingiz kerak. To’lov kechiktirilgan taqdirda, joyingiz bekor qilinadi.
- YANGI!!! UzCard va HUMO kartalari orqali to´lov. To´lov ilovalari orqali - "Rekvizitlar bo´yicha to´lash" bandini tanlang va qo´yidagi ma´lumotlarni kiritishingiz zarur:
Bank hisob raqami 2029 6000 9039 6544 0001
hujjat tafsilotlarida tinglovchi raqamingizni, ismingiz va familiyangiz, qaysi kurs yoki imtihon uchun to´layotganingizni ham kiritishini unutmang.
3. Naqd pul bilan kurs yoki imtihon byuroda (istisno tariqasida)
4. Firma orqali pul o`tkazish (faqat kursga to´lov mumkin), bu borada zukhra.nurullaeva@goethe.de bilan bog'laning.
Til kurslarida joyni faqat to'liq to'lov amalga oshirilgandan so'ng band qilish imkoniyati tug'ilishini aytib o'tmoqchimiz.
Bekor qilish shartlari:
- Agar kurs boshlanish vaqtidan avval bekor qilinsa, 10% ma'muriy to'lovlar to'lanadi.
- Kurs boshlanganidan so'ng to'lovni qaytib berish imkoni yo'q.
Kurs uchun toʻlovini qaytarish uchun Til kurslari byurosiga, quyidagi elektron manziliga Bank karta va hisob raqam ma'lumotlaringizni yuborishingiz kerak bo'ladi: zukhra.nurullaeva@goethe.de yoki erkin.ismailov@goethe.de.
Karta raqami
Karta berilgan bank nomi
Tranzit hisob raqam (23120 ... dan boshlanadi)
Bank MFO raqami
Bankning STIRaqami
Karta egasining ismi va familiyasi
Taklif qilinayotgan kurslar:
Kattalar uchun kurslar:
1. An´anaviy formatida:
3. Imtihonga tayyorlov kurslari
4. Individual kurslar (so´rov bo´yicha)
5. Tashkilotlar uchun kurslar (s´orov bo´yicha)
6. Maxsus kurslar: grammatikani takrorlash
O´smirlar uchun kurslar:
1. An´anaviy formatida:
Bolalar uchun kurslar:
1. An´anaviy formatida:
20234 yildagi bayram kunlari
01. yanvar, 08. mart, 21. mart, 29.mart, 10. april, 09. mai, 20. mai, 17. iyun, 01. sentyabr, 01. oktyabr, 03. oktyabr, 08. dekabr, 25. dekabr (ushbu kunlarda Gyote-Institut yopiq bo'ladi va til kurslari tashkillashtirilmaydi)
Kattalar uchun kurslar:
1. An´anaviy formatida:
- standart: yanvarda, aprelda, iyulda va sentyabrda
- intensiv: yanvarda, fevralda, aprelda, mayda va sentyabrda
- superintensiv: iyulda, avgustda, oktyabrda va noyabrda
3. Imtihonga tayyorlov kurslari
4. Individual kurslar (so´rov bo´yicha)
5. Tashkilotlar uchun kurslar (s´orov bo´yicha)
6. Maxsus kurslar: grammatikani takrorlash
O´smirlar uchun kurslar:
1. An´anaviy formatida:
- standart: yanvarda, aprelda, iyulda va sentyabrda
- superintensiv: iyunda, iyulda va avgustda
Bolalar uchun kurslar:
1. An´anaviy formatida:
- standart: yanvarda va sentyabrda
- intensiv: iyunda
20234 yildagi bayram kunlari
01. yanvar, 08. mart, 21. mart, 29.mart, 10. april, 09. mai, 20. mai, 17. iyun, 01. sentyabr, 01. oktyabr, 03. oktyabr, 08. dekabr, 25. dekabr (ushbu kunlarda Gyote-Institut yopiq bo'ladi va til kurslari tashkillashtirilmaydi)
- Standart, intensiv, superintensiv an´anaviy formatida (kattalar va o'smirlar uchun kurslar) - A1-B1 / 75 akademik soat - 2.650.000,- UZS (35.333,- UZS 1 akademik soatga)
- Standart, intensiv, superintensiv (kattalar va o'smirlar uchun kurslar) - B2-C2 / 87 akademik soat - 2.900.000,- UZS (33.333,- UZS 1 akademik soatga)
- Onlayn kurslar - A1-B1 / 75 akademik soat - 1.800.000,- UZS (24.000,- UZS 1 akademik soatga)
- Onlayn kurslar -B2-C1 / 87 akademik soat - 2.100.000,- UZS (24.100,- UZS 1 akademik soatga)
- Bolalar uchun kurslar - A1-B1 / 44 akademik soat - 1.850.000,- UZS (42.000,- UZS 1 akademik soatga)
olesya.melibaeva@goethe.de
zukhra.nurullaeva@goethe.de
- Kamida beshta kursni “yaxshi” yoki “juda yaxshi” baholar bilan tugatgan tinglovchilarimiz uchun 20% chegirma amal qiladi.
Ariza shakli barcha keyingi kurslar uchun qayta to'ldiriladi.
* Ushbu chegirma bolalar kurslariga taalluqli emas.
- Nemis tili o‘qituvchilari barcha umumiy til kurslariga (oflayn yoki onlayn) 50% chegirma olishlari mumkin.Buning uchun haqiqatdan ham hozirda nemis tili o'qituvchisi sifatida ishlayotganlik to'g'risida ma'lumotnoma talab etiladi.
Kurslar va imtihonlar: | |
Dushanba | 10:00-12:00 va 14:00-16:00 |
Seshanba | 10:00-12:00 va 14:00-16:00 |
Chorshanba | konsultasiya o'tkazilmaydi |
Payshanba | 10:00-12:00 va 14:00-16:00 |
Juma | 10:00-12:00 va 14:00-16:00 |
Agar sizda shaxsan kelish imkoningiz bo'lmasa, savollaringizga onlayn tarzda ham javob olishingiz mumkin. Oyning har ikkinchi juma kuni biz onlayn tarzda kurslar bo'yicha barcha savollaringizga javob beramiz.
Vaqt: 15:00
ZOOM uchrashuviga qirish
https://goethe-institut.zoom.us/j/83386929417
Meeting-ID: 833 8692 9417
Oyning har ikkinchi juma kunlari:
SENTYABR 2024 | OKTYABR 2024 | NOYABR 2024 | DEKABR 2024 |
06.09.2024 | 04.10.2024 | 01.11.2024 | 13.12.2024 |
20.09.2024 | 18.10.2024 | 15.11.2024 | |
29.11.2024 |
Kontakt:
Zukhra Nurullaeva und Erkin Ismailov
zukhra.nurullaeva@goethe.de
erkin.ismailov@goethe.de
Tel. +998 78 1401470
1. Kurs tinglovchilariga qo'yiladigan umumiy talablar
Gyote Institutining barcha tinglovchilari uchun ma'lum yosh chegaralari mavjud:
- kattalar kurslari uchun: kamida 16 yosh
- o’smirlar kurslari uchun: 13 dan 16 yoshgacha
- bolalar kurslari uchun: 8 dan 13 yoshgacha
2. To'lov shartlari
2.1. Faqat to'liq to'lov amalga oshirilgandan so'ng, til kurslarida joy band qilingan hisoblanadi.
Quyidagi to'lov imkoniyatlari mavjud:
- Bizning web-saytimizda UzCard va HUMO kartalari yordamida yoki "Uzum Bank" ilovasi orqali (buning uchun hisob-faktura bilan to'lov usulini tanlashingiz kerak)
- Master Card yoki Visa kartalari orqali to´lov
- Firma orqali pul o`tkazish yo’li bilan
- Naqd pul bilan (istisno tariqasida)
2.2. Kursning toʻliq narxi oʻz vaqtida toʻlanmasa, tinglovchi kursdagi joyini yoʻqotadi. Toshkentdagi Gyote Instituti to’lov kechiktirilgan taqdirda, oldindan band qilingan joyni bekor qilishga haqli.
3. Kurslar narxi
3.1. Gyote Institutining rasmiy veb-saytida ko'rsatilgan narxlar ro'yxatdan o'tish vaqtida amal qiladi.
3.2. Kurs narxiga o'quv materiali qiymati ham kiradi.
4. Kursni bekor qilish tartibi
Kurs boshlanishidan oldin bekor qilinganda, kurs uchun to'langan pul mablag‘i 10% ma'muriy to'lov undirilgan holda qaytarilishi mumkin. Agar tinglovchi kurs boshlanganidan keyin kursni bekor qilsa yoki darslarga kelmasa, kurs tugallangan hisoblanadi va kurs uchun to'langan pul mablag'i qaytarilmaydi, keyingi trimestrga ham o'tkazilmaydi.
5. Bosqichlar va guruhlar bo'yicha taqsimlash / Guruh hajmi
5.1. Gyote Institutida nemis tilidan bilimga ega tinglovchilar uchun kursga ro’yxatdan o‘tish nemis tilini bilish darajasini aniqlash testi natijalariga ko'ra amalga oshiriladi.
5.2. Guruhlarimiz kamida 14, maksimal 18 nafargacha tinglovchilarni tashkil qiladi. Istisno hollarda, ma'muriyat qarori bilan bu miqdor ko’proq ham bo‘lishi mumkin. Agar kursga ro’yxatdan o’tgan tinglovchilar soni yetarlicha bo‘lmasa, ma'muriyat ushbu kursni bekor qilish huquqiga ega. Bunday holda, tinglovchilarga boshqa guruhda o'qish taklif etiladi (agar shunday imkoniyat bo’lsa) yoki to'lov to'liq qaytariladi. Afsuski, tinglovchilar soni minimal darajaga yetgan guruhlargina tashkil etiladi.
5.3. Tinglovchi birinchi marta kursni o'zgartirishni talab qilganda, (masalan, kunlar, vaqt yoki kurs turi) bu bepul amalga oshiriladi. Har bir keyingi o'zgartirish uchun kurs narxining 10% miqdorida ma'muriy to'lov undiriladi. Barcha o'zgarishlar faqat so'ralgan kurs bo'yicha bo‘sh joy mavjudligini hisobga olgan holda darslarning birinchi haftasida amalga oshirilishi mumkin.
6. Tinglovchilarning majburiyatlari
6.1. Tinglovchi Gyote Institutida va kurslarda amaldagi qoidalarga rioya qilishi shart.
6.2. Kursni tugatganligi haqidagi tasdiqnoma faqat darslarning kamida 70 foizida muvaffaqiyatli ishtirok etgan taqdirda beriladi.
7. Gyote Institutining javobgarligi / Fors-major holatlari
Gyote Instituti va uning xodimlari tinglovchilarning qasddan noto'g'ri xatti-harakatlari va qo'pol beparvoligi holatlarida ko'rsatiladigan xizmatlar uchun javobgar emas. Gyote Instituti fors-major holatlarida (masalan, tabiiy ofatlar, yong'inlar, suv toshqini, urushlar, rasmiy buyruqlar va shartnoma bo'yicha sheriklarning nazorati ostida bo'lmagan boshqa holatlar) xizmatlar ko'rsatilmaganligi uchun javobgar emas.
8. Ma'lumotlarni himoya qilish
Tinglovchilar ro'yxatdan o'tish, hisob-kitob qilish va ma’lumotlarni saqlash tartibiga muvofiq, Gyote Institutiga o'zlarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradilar. Tinglovchilar shuningdek, Gyote Institutidan qo'shimcha ma'lumot olishga rozilik bildiradilar.