Imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay mashqlar

Gyote Institutining imtihon markazlari imkoniyati cheklangan ishtirokchilarga qulay sharoitlar yaratishga va ularning maxsus ehtiyojlarini individual ravishda inobatga olishga harakat qilishadi. Bunday maxsus ehtiyojlar ko`z yoki quloq ojizligi yoki motorika bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

Mashq qilib tayyorlanish uchun har bir imtihon darajasi bo`yicha imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sertifikatlangan maxsus mashq namunalari mavjud. Bu mashq namunalari interfaol, ya`ni bahoni birdan bilib olish imkonini beradi. Aytgancha, imtihonga tayyorlanish mashqlarini internet aloqasiga ega bo`lgan barcha qo`l telefonlarida ham bajarsa bo`ladi.