Goethe-Test PRO: Deutsch für den Beruf

Goethe-Test PRO Deutsch für den Beruf Foto (Ausschnitt): Colourbox

Niyatingiz ...

  • shaxsiy karyerangiz uchun: o`z til bilish darajangizni real bahosini bilish / qo`shimcha bilim olish va o`zingizga mos kurslarda qatnashish uchun turtki olish 
  • iqtisodiy korxona sifatida:nomzodlar va xodimlarning til bilimlarini tekshish / til o`rganishda erishgan yutuqlarini baholash / qo`shimcha o`quv tadbirlarini tashkil etish uchun ishonchli asosni yaratish 

„Goethe-Test PRO“ – atigi 60 daqiqada aniqlik!

Xoh shaxsiy kasbiy karyera, xoh butun korxonaning raqobatbardoshligi bo`lsin: muvaffaqiyat o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi. Muvaffaqiyat ishonchga asoslanadi. Ishonch esa bir xil tilda gaplashilsa hosil bo`ladi. Demak savol: nemis tilingiz qanchalik yaxshi? Hozirgi yoki bo`lajak xodimlaringiz qanday til bilimlariga ega?

„Goethe-Test PRO: Deutsch für den Beruf“ testi bu savolga javob beradi. Mazkur compyuterli testimiz xodimlarning nemis tilida tinglab va o`qib tushunish qobiliytlarini tez va ishonchli aniqlab beradi.

Individual va ishonarli

Zamonaviy texnologiya yordamida „Goethe-Test PRO“ 60 - 90 daqiqa ichida shaxsiy til bilish darajasini aniglab beradi. Barcha ishtirokchilar bir xil bosqichdan boshlashadi. So`ng test davomida kompyuter dasturi har bir vazifani undan oldingi javobga qarab tanlab beradi va ishtirokchining til bilish darajasiga optimal ravishda moslashib oladi. Ya`ni testdan o`tolmaslik degan narsa bo`lmaydi: natija va tegishli guvohnoma hamda til bilish darajasining ishonarli ta`rifi test tugashi bilan birdan tayyor bo`ladi va Sizga, masalan, qo`shimcha o`quv tadbirlarga tegishli qarorlarni qabul qilish uchun mukammal asosni beradi.

„Goethe-Test PRO“ ehtiyojlaringizga mos ravishda, ya`ni butun dunyodagi Test markazlarimizdan birida yoki Sizning korxonangizda o`tkazilishi mumkin. Test mashhur „Business Language Testing Service“ (BULATS) usullaridan kelib chiqadi va Til bilish bo`yicha umumyevropa (GER) standartiga asoslanadi.

Bizga keling

O`z til qobiliytlarinigiz yoki xodimlaringizning til bilimlari to`g`risida noaniq taxminlar o`rniga aniqlikni xohlaysizmi? Unda to`g`ri biz bilan bog`laning! Biz Sizga tijorat taklifini beramiz, Sizga testni tayyorlash va o`tkazishda yordam beramiz.

Sizga firmalar uchun moslashtirilgan o`quv tadbirlar va til kurslarini rejelashtirish masalasida bajonidil maslahat beramiz.

Firmalar uchun kurslar
 

Namoyish versiyasi

Marhamat, test bilan bepul tanishib oling:

Kontakt

Qo’shimcha ma’lumot va xizmatlar uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
Tanzilya.Gafurova@Taschkent.goethe.org

Goethe-Test PRO