Goethe-Zertifikat B1
Goethe-Zertifikat B1 – bu o'smirlar va kattalar uchun nemis tili imtihoni. U nemis tilidan mustaqil foydalanishni tasdiqlaydi va Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha uchinchi (B1) bosqichiga to'g'ri keladi.
Mazkur imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligingiz quyidagilarni bildiradi ...
- aniq adabiy til ishlatilganida va o'zingizga tanish bo'lgan mavzular ya'ni ish, maktab, bo'sh vaqt va hokazolar haqida gap borganida, Siz gapning mag'zini tushuna olasiz.
- Nemiszabon mamlakatlariga sayohat vaqtida uchraydigan aksariyat vaziyatlarning uddasidan chiqa olasiz.
- Siz tanish mavzular va shaxsiy qiziqishlaringiz to'g'risida oddiy va gapni gapga ulab so'zlab bera olasiz.
- Tajribangiz va bo'lgan voqealarni aytib bera olasiz, orzu, umid va maqsadlaringizni ta'riflay olasiz va ularga qisqacha asoslar va tushuntirishlar bera olasiz.
IMTIHON TOPSHIRISH SANALARI
BIZNING TINGLOVCHILAR (YA'NI INTERN) - JORIY YOKI UNDAN AVVALGI TRIMESTERDA BIZNING TIL KURSLARIMIZDA O'QIGAN TINGLOVCHILAR HISOBLANADI. BARCHA BOSHQA ISHTIROKCHILAR EKSTERN HISOBLANADI.
IMTIHON NARXLARI 2021 YIL 1 YANVARDAN AMAL QILADI.
IMTIHON TOPSHIRISH SANASAI | RO'YXATDAN O'TISH VAQTI |
IMTIHON TOPSHIRISH UCHUN BELGILANGAN TO'LOV | IMTIHONNING ALOHIDA MODULLARINI TOPSHIRISH UCHUN BELGILANGAN TO'LOV |
14.01.2021 | 04.01. - 08.01.2021 | Intern: 850.000 So'm Ekstern: 1.100.000 So'm |
335.000 So'm 400.000 So'm |
11.02.2021 | 25.01. - 29.01.2021 | Intern: 850.000 So'm Ekstern: 1.100.000 So'm |
335.000 So'm 400.000 So'm |
10.03.2021 | 22.02. - 26.02.2021 | Intern: 850.000 So'm Ekstern: 1.100.000 So'm |
335.000 So'm 400.000 So'm |
13.04.2021 | 29.03. - 02.04.2021 | Intern: 850.000 So'm Ekstern: 1.100.000 So'm |
335.000 So'm 400.000 So'm |
Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish uchun pasportingiz nusxasi bilan quyidagi manziliga murojaat qiling tanzilya.gafurova@goethe.de. So'ngra biz Sizga imtihonni topshirishga joyni bronini tasdiqlovchi xat yuboramiz. Imtihon to'lovi esa biznig web-sahifamizda karta orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek imtihonlarimizga oid barcha savollaringiz bilan quyidagi telefon raqam orqali bog'laning: +998 78 140 14 70.