Boshqa ma'lumotlar

Ortga qaytish Goethe-Zertifikat B1

Marhamat, davra Sizniki: modullar

„Goethe-Zertifikat B1“ imtihoni o‘qish, tinglash, yozish va so’zlash modullaridan iborat (og’zaki juftlik imtihoni). Imtihon butun dunyoda bir xil o’tkaziladi va baholanadi.
 
Mazkur 4 modul bir-birdan alohida yoki birgalikda topshirilishi mumkin. 4 modul bo’yicha alohida olingan guvohnomalar umumiy natijani tashkil etadi.
 
Mazkur imtihon Gyote Instituti, Shveytsariya/Frayburg universiteti va ÖSD tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan va butun dunyoda „Goethe-Zertifikat B1“ yoki „ÖSD-Zertifikat B1“ atamasi bilan taklif etiladi.
 

O‘qish

Siz blog yozuvlari, elektron maktublar, gazeta maqolalari, e’lonlar va yozma yo’riqnomalarni o‘qiysiz. Siz asosiy ma’lumot, muhim tafsilotlar hamda nuqtai nazarlarni ilg’ay olasiz.

Davom etish vaqti: 65 daqiqa

Yozish

Siz shaxsiy va rasmiy elektron maktublar/xatlar yozasiz va post (forum ishtirokchisi yozadigan xabar) shaklida bildira olasiz.

Davom etish vaqti: 60 daqiqa

Tinglash

Siz og’zaki e‘lonlar, qisqa ma’ruzalar, norasmiy suhbatlar hamda radiodagi bahslarni tinglaysiz. Siz asosiy ma’lumot va muhim tafsilotlarni ilg’ay olasiz.

Davom etish vaqti: 40 daqiqa

So‘zlash

Siz o’z sherigingiz bilan kundalik hayotga tegishli mavzu, masalan sayohatlar to`g`risida so’zlashasiz. Bunda Siz savollarga javob berasiz, o’z fikringizni bildirasiz va takliflar qilasiz. Siz kundalik hayotga oid biror mavzu bo‘yicha erkin taqdimot qilasiz va unga tegishli savollarga javob berasiz.

Davom etish vaqti: taxminan 15 daqiqa

Dastlabki shartlar

Goethe-Zertifikat B1 – bu o'smirlar va kattalar uchun nemis tili imtihoni.

Gyote Institutining imtihonlari barcha qiziqqanlar uchun ochiq va bunda muayyan yoshdan kam bo’lmaslik yoki Germaniya fuqaroligi talab etilmaydi.
  • „Goethe-Zertifikat B1 für Jugendliche“ uchun ishtirokchining yoshi 12 yoki undan yuqori bo'lishi tavsiya etiladi.
  • „Goethe-Zertifikat B1 für Erwachsene“ uchun ishtirokchining yoshi 16 yoki undan yuqori bo'lishi tavsiya etiladi.
  • „Goethe-Zertifikat B1“ sertifikatini olish uchun Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining shkalasi bo'yicha uchinchi (B1) bosqichidagi til bilimlari bo'lishi shart.
  • Uchbu bosqichga erishish uchun Sizga – dastlabki bilimlar va o'quv sharoitlariga qarab - 350 dan 650 gacha 45 daqiqali dars mashg'ulotlari kerak bo'ladi.