Boshqa ma'lumotlar

Ortga qaytish Goethe-Zertifikat C1

Hammasi ichida! Imtihon qismlari

„Goethe-Zertifikat C1“ imtihoni o‘qish, tinglash, yozish va so’zlash qismlaridan iborat (og’zaki juftlik yoki individual imtihon).
Imtihon butun dunyoda bir xil o’tkaziladi va baholanadi.
 

O‘qish

Siz ilmiy-ommabop matnlar, izohlar, retsenziyalar va/yoki hisobotlarni o‘qiysiz. Ularga tegishli vazifalarda Siz kattaroq hajmdagi matnlar bilan, masalan ularning parchalarini takrorlash orqali, ishlay olishingizni ko‘rsatasiz.

Davom etish vaqti: 70 daqiqa

Yozish

Siz yaxshi strukturaga (tartibga) ega bo’lgan matn yozib biror mavzu bo’yicha o’z fikringizni batafsilroq bildirasiz. Buning uchun Sizga grafika shaklida ma’lumot beriladi.

Davom etish vaqti: 80 daqiqa

Tinglash

Siz suhbatlar, telefon suhbatlari, intervyular yoki radio axborotlarini tinglaysiz, o`zingiz uchun ularga tegishli qayd yozuvlarini yozasiz va mulohazalarni kimga/nimaga tegishliligini aniqlaysiz.

Davom etish vaqti: taxminan 40 daqiqa

So‘zlash

Imtihonning birinchi qismida qisqa matnga o’z fikringizni bildirasiz. So’ng suhbatdoshingiz bilan birgalikda biror qarorni qabul qilish yoki biror yechimni topish maqsadida suhbat yuritasiz.

Davom etish vaqti: 10 yoki 15 daqiqa

Dastlabki shartlar

Goethe-Zertifikat C1 – bu kattalar uchun nemis tili imtihoni.

Gyote Institutining imtihonlari barcha qiziqqanlar uchun ochiq va bunda muayyan yoshdan kam bo’lmaslik yoki Germaniya fuqaroligi talab etilmaydi.
  • „Goethe-Zertifikat C1“ uchun ishtirokchining yoshi 16 yoki undan yuqori bo'lishi tavsiya etiladi.
  • „Goethe-Zertifikat C1“ sertifikatini olish uchun Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining shkalasi bo'yicha beshinchi C1 bosqichidagi til bilimlari bo'lishi shart.
  • Uchbu bosqichga erishish uchun Sizga – dastlabki bilimlar va o'quv sharoitlariga qarab – 800 dan 1000 gacha 45 daqiqali dars mashg'ulotlari kerak bo'ladi.