Goethe-Zertifikat C2: GDS

Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom Foto: Getty Images/Mario Castello

Sizning xohishingiz...

  • Germaniyada oliy o'quv yurtida o'qish yoki ilmiy tadqiqot qilish
  • Germaniyada maktabda dars berish
  • C2 bosqichidagi bilimlaringizni tasdiqlash
  • rasmiy va xalqaro tan olingan sertifikatni olish

Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom (GDS) – bu kattalar uchun nemis tili imtihoni. U til bilishning o'ta yuqori darajasini tasdiqlaydi va Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha eng yuqori (C2) bosqichiga to'g'ri keladi.

Mazkur imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligingiz quyidagilarni bildiradi ...

  • Siz o'qigan yoki eshitganlaringizning deyarli hammasini bemalol tushuna olasiz
  • Siz har xil yozma va og'zaki manbalardan olingan ma'lumotlarni umumlashtira olasiz va bunda asoslar va tushuntirishlarni gapni gapga ulab aytib bera olasiz.
  • Siz o'z fikringizni spontan, juda ravon va aniq ifodalay olasiz va mukarrabroq masalalar bo'yicha ham ma'nolarning nozik farqlarini ko'rsata olasiz.
„Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom“ xorjiy talabalarga Germaniya oliy o'quv yurtlarida o'qish imkonini beradi va ko'p joylarda nemis tilidan dars berish uchun yetarli til bilimlari borligini tasdiqlaydi. Germaniya Federativ Respublikasi o'lkalari mazkur imtihonni o'qituvchilik malakasi doirasida nemis tili bilimlarini tasdiqlovchi imtihon sifatida tan olishadi. Batafsil ma'lumotlarni hujjatlarni tan olish idoralari, xususan madaniyat va ta'lim, maktab ta'limi yoki ta'lim vazirligi, o'qituvchilarni o'qitish boshqarmasi, mahalliy hokimiyat yoki o'lka hokimiyatidan olishingiz mumkin.

01.01.2012 kundan boshlab „Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom“ ilgarigi uchta imtihon, ya'ni „Goethe-Zertifikat: Zentrale Oberstufenprüfung“ (ZOP), „Kleines Deutsches Sprachdiplom“ (KDS) va „Großes Deutsches Sprachdiplom“ (GDS) imtihonlarining o'rniga joriy etildi.
 

Tayyorlanish

Mashq uchun materiallar

Bu yerda Siz onlayn mashq qilish uchun imtihon va mashqlar namunalari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay hamda interfaol mashqlarni topasiz.

Qo'shimcha ma'lumotlar

„Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom“ imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasiz: