Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1

Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1 Foto: Getty Images/Echo

Sening xohishing...

  • 10 - 16 yoshdagi bolalar va o'smirlar uchun nemis tili imtihonini topshirish
  • juda oddiy nemis tili bilimlari borligini tasdiqlash
  • A1 bosqichidagi bilimlarni tasdiqlash
  • rasmiy va xalqaro tan olingan sertifikatni olish

Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1 - bu 10-16 yoshdagi bolalar va o'smirlar uchun nemis tili imtihoni. U juda oddiy nemis tili bilimlarini tasdiqlaydi va Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha birinchi (A1) bosqichiga to'g'ri keladi.

Imtihonni topshirolgan bo‘lsang, demak ...

  • sen oddiy savol-javob bera olasan hamda biror narsani iltimos qila olasan va bunday iltimosga reaksiya bildira olasan.
  • sen oddiy nutq iboralari va gaplar yordamida o'zing va boshqalar to'g'risida yoza olasan.
  • sen tanish narsalarga taalluqli suhbatlar va matnlarni tushuna olasan.

Beachten Sie bitte!

  • Roʻyxatdan oʻtishni soddalashtirish uchun MeinGoethe.de saytida ushbu jarayondan oʻzingiz oʻtishingizni maslahat beramiz
  • Hamma imtihonlar uchun ro'yxatdan o'tish soat 09:00da boshlanadi.
  • Siz faqat BIR imtihonga ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Keyingi imtihon sanalari uchun arizalar arizalar qabul qilinmaydi.
  • Imtihon uchun to'lov uch kun ichida amalga oshirilmasa, ro'yxatdan o'tish bekor qilinadi.
  • Imtihon natijalari 10-14 kun ichida e'lon qilinadi.

You have disabled JavaScript in your browser settings. Please enable JavaScript to see the courses again.

*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.

Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
Nozima.Yarmukhammedova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz. 

TestDaF bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
tanzilya.gafurova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.  Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish

Tayyorlanish

Mashq uchun materiallar

Bu yerda onlayn mashq qilish uchun imtihon va mashqlar namunalari, shu jumladan interfaol mashqlarni ham topasan.

Qo’shimcha ma’lumot

„Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1“ imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasan: